calendar 15 Jul 12:02
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Eronlik futbolchi “Inter” klubi a’zosiga aylandi

image

Italiyaning “Inter” klubi “Portu”ning 31 yoshli hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Eronlik futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetdi va u erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi.

Taremi 2018 yilda Qatar klubiga ko‘chib o‘tgunga qadar Eronning bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan.  U “Al-Garafa”da ikki mavsum o‘ynagach, Yevropaga ko‘chib o‘tdi va Portugaliyaning “Riu Ave” klubi bilan shartnoma imzoladi. Aynan o‘sha yerda “Portu” skautlari uning xizmatlariga qiziqish bildirdi va bir yildan so‘ng poytaxt klubi Taremini 4,7 million yevroga sotib oldi.

Hujumchi “Portu” libosida 182 ta o‘yin o‘tkazib, 91 ta gol urdi va 44 ta golga assistentlik qildi. O‘tgan mavsumda Taremi kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va klub bilan shartnomasini uzaytirmadi.

Mehdi Taremi Eron terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi. U 2015 yildan buyon milliy terma jamoa safida to‘p suradi va 85 o‘yinda 50 ta gol urdi.  

Qayd etish joiz, Taremi “Inter” tarixidagi birinchi eronlik futbolchi bo‘ldi. Taremining shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan va uning maoshi qo‘shimcha bonuslar bilan yiliga 3 million yevroni tashkil qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 09:24
 
75
0
qalampir.uz

“Real” Mbappe transferidan keyin bir qancha futbolchilarini sotmoqchi

Madridning “Real” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash uchun sarflagan pullarining bir qismini qoplamoqchi. Shu maqsadda “qaymoqranglilar” klubning bir qancha yosh iqtidor egalarini sotish niyatida. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 20 yoshli himoyachi Mario Martin, 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Niko Pas va hujumchi Alvaro Rodriges bilan xayrlashishga tayyor. Qayd etilishicha, &ldq

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd