calendar 15 Jul 12:02
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkmaniston hukumati 1 avgustdan bir oylik ta’tilga chiqadi

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat hukumatiga 1 avgustdan 1 sentabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi.

Berdimuhamedov, umuman olganda, birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar qoniqarli ekanini ta’kidlab, barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga olti oylik yakunlari bo‘yicha yaqin kunlarda yig‘ilishlar o‘tkazish uchun topshiriq berdi.

“Shundan so‘ng u qishloq xo‘jaligi majmuasi va viloyatlar rahbarlaridan tashqari rahbarlarga 1 avgustdan 1 sentyabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi”, deb yozadi nashr.

Davlat rahbari ta’tilni o‘tgan yillardagidek mamlakatning Avaza, Archman, Yilsuv kurort hududlari va boshqa sanatoriylarida o‘tkazishni tavsiya etdi.

Turkmaniston hukumati an’anaga ko‘ra avgust oyida bir oylik ta’tilga chiqadi. Biroq, masalan, 2018 yilda Prezident hukumat a’zolarini ikki haftalik ta’tilga jo‘natgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Lukashenko va Putin Valaam orolida uchrashdi

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kareliyadagi Valaam orolida (Ladoga ko‘li) uchrashdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi. Lukashenko hozirda Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vladimir Putin bilan turli formatdagi muzokaralar rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ittifoq loyihalarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlik mavzulari

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har