calendar 15 Jul 12:02
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tayvan Xitoy shimolidagi raketa sinovlarini kuzatib bormoqda

image

Xitoyning shimoliy Ichki Mo‘g‘uliston hududida raketa sinovi o‘tkazilmoqda. Uning “to‘lqinlari”ni Tayvan kuzatib bormoqda. Bu haqda oroldagi mudofaa idorasi xabar berdi.

“Tayvan Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari shay holatda ekanligini ma’lum qildi”, deb xabar qildi “Reuters”.

Vazirlik Tayvandan taxminan 2000 km uzoqlikda joylashgan Ichki Mo‘g‘ulistonda Xitoy raketa kuchlari tomonidan ertalab soat 4:00 dan beri “bir nechta sinov to‘lqinlari” aniqlanganini ma’lum qildi.

“Tayvan kuchlari voqealar rivojini doimiy ravishda kuzatib boradi va havo hujumidan mudofaa kuchlari hushyor holatda”, deyiladi vazirlik bayonotida qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan holda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tayvan oroli yaqinida Xitoy Xalq ozodlik armiyasining yana 26 ta samolyoti paydo bo‘lgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 11:04
 
80
0
qalampir.uz

Erdo‘g‘an Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildirdi. Bu haqda u AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan telefon suhbatida ma’lum qildi. “Prezident Erdo‘g‘an noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlari Amerika xalqiga foyda keltirishi va Turkiya-Amerika munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildirdi”,

08 Sep 16:45
 
11
0
xs.uz

Turkiyada ilojsiz qolib ketgan 21 yoshli qiz Oʻzbekisatonga olib kelindi

Turkiyaning Istanbul shahrida chorasiz qolib ketgan oʻzbekistonlik 21 yoshli qiz Vatanga qaytarildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, u Istanbulga oʻz ammasining taklifi asosida ishlashga kelib, qiyin vaziyatda qolgan. Ikki kun koʻchada yashash joyisiz yurgan, Jizzax viloyatidan kelgan 21 yoshli fuqaroning vatanga qaytishi taʼminlangan.Aviachipta va boshqa toʻlovlar 'Xalqaro oʻzbek sanoatchilari, tadbirkorlar va ilm insonlari jam

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xa