calendar 15 Jul 12:02
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Trampni otgan odamning shaxsi ochiqlandi (video)

image

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirilgandi. Trampni otgan odamning shaxsi ochiqlandi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Mamlakat Federal qidiruv byurosi Oq uyning sobiq rahbariga uyushtirilgan suiqasdni Pensilvaniya shtati, Betel-Park shaharchasida yashovchi 20 yoshli Tomas Metyu Kruks uyushtirganini tasdiqladi. Marhum Kruks shtatning Batler shahrida Donald Tramp ishtirokidagi mitingda unga qarata o‘q uzgan. U miting joyidan taxminan 100 metr masofadagi qo‘shni bino tomidan turib, otish uchun AR-15 rusumli yarimavtomat miltiqdan foydalangan.

Suiqasddan oldin olgan videosida Kruks Respublikachilar va Trampdan qattiq nafratlanishini, shuning uchun odamlardan nima qilmoqchiligini taxmin qilishni so‘ragan.

Trampning saylovoldi kampaniyasi vakillariga ko‘ra, sobiq prezident yaxshi ahvolda.

AQSH sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan.


Berilgan ma’lumotga ko‘ra, u oldin jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Shunday bo‘lsa ham Kruksning ishi chuqur o‘rganilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
70
0
xs.uz

Rossiya osmonlari xavflimi? 2011-yildan beri mamlakatda fuqaro aviatsiyasi bilan bogʻliq 17 ta aviahalokat yuz berdi

Moskva viloyatlararo transport prokuraturasi aviamashina 'Gazprom Avia' kompaniyasiga tegishli ekanliginif maʼlum qildi. Agentlikning qoʻshimcha qilishicha, samolyot taʼmirdan keyin zavoddan havoga koʻtarilgan va 'Vnukovo' aeroportiga yoʻl olgan.Bu 2011-yildan beri Rossiyada fuqarolik aviatsiyasi bilan bogʻliq 17-aviahalokat hisoblanadi.2023-yilning 23-avgust kuni Tver viloyatidagi Kujenkino qishlogʻi yaqinida 'Embraer Legacy' biznes-jeti halokatga uchradi. Samolyot bortida oʻn kishi, ju

18 Jul 16:51
 
56
0
xs.uz

FIFAda terma jamoalar reytingi yangilandi. Oʻzbekiston koʻtarilishga erisha oldimi?

Reytingning yuqori qismida jahon chempionatining vitse-chempioni Fransiya ikkinchi oʻrinni egallab turgan boʻlsa, 'Yevro-2024' gʻolibi Ispaniya 5 pogʻona koʻtarilib, kuchli uchlikni yakunlab berdi.Shuningdek, Angliya toʻrtinchi, Braziliya beshinchi, Belgiya oltinchi, Niderlandiya yettinchi, Portugaliya sakkizinchi, 'Copa America' vitse-chempioni Kolumbiya toʻqqizinchi, shonli Italiya esa kuchli oʻninchi terma jamoa sifatida qayd etilgan.Osiyo terma jamoalari orasida Oʻzbekiston 8-oʻrin

22 Jul 11:13
 
61
0
xs.uz

“Sharqiy frontda oʻzgarish bor” — Xitoy va Filippin kelishuvga erishgan boʻlishi mumkin

Qayd etilishicha, Manila har ikki davlat 'BRP Sierra Madre', yaʼni filippinlik askarlar saqlanayotgan eski harbiy kemani qayta yetkazib berish boʻyicha vaqtinchalik kelishuvga kelishib olganini eʼlon qildi. Bu bahsli hududda qarama-qarshiliklarning oldini olishga qaratilgan boʻlishi mumkin.Maʼlumki, Ikkinchi Tomas Shoalga har ikki davlat daʼvo qilib kelmoqda. Soʻnggi qarama-qarshiliklarda Xitoy qirgʻoq qoʻriqlash xizmati Filippin forpostiga taʼminotni toʻsib qoʻygan edi. Shartnoma ke

15 Jul 12:02
 
41
0
qalampir.uz

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. “Men nimadir noto‘g‘ri ekanligini darhol angladim, chunki shitirlash ovozini, o‘q otishganini eshitdim va darhol o‘q terini kesib o‘tganini his qildim. Ko‘p qon ketdi”, deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Nashrga ko‘ra, Tramp