calendar 15 Jul 12:02
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi

image

Milliarder Ilon Mask AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor Trampni qo‘llab-quvvatlovchi America PAC siyosiy faollik qo‘mitasiga pul xayriya qilgan. Mask qancha pul o‘tkazgani noma’lum. Ammo “Bloomberg” manbalari bu miqdorni "sezilarli" deb atamoqda.

Qayd etilishicha, Mask hali AQSH prezidentligiga nomzodlarning birortasini ochiq qo‘llab-quvvatlamagan.

Shuningdek, tadbirkor agentlikning xayriya ma’lumotlariga izoh berish so‘roviga javob bermadi. Tramp kampaniyasi va America PAC ham izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask AQSHning amaldagi rahbari Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatdan keyin Amerika hukumatini aslida hech kim boshqarmayotganini taxmin qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 11:52
 
61
0
xs.uz

Jo Bayden yana koronavirus bilan kasallandi

AQSH prezidenti Jo Bayden koronavirus yuqtirib olgan va kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda. Bu haqda Oq uy xabar berdi.'Bugun ertalab, Las-Vegasdagi birinchi tadbirdan soʻng, prezident Bayden COVID-19 uchun sinovdan oʻtdi va natija ijobiy chiqdi', deydi Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer.Bayden Delaverdagi qarorgohida oʻzini izolatsiyaga olishi va vazifalarini bajarishda davom etish niyatida.Jo Bayden 2022-yilning iyul oyida ham koronavirus bilan kasallangan edi.

26 Jul 10:21
 
25
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

26 Jul 14:23
 
52
0
xs.uz

Josuslik va terrorizmda ayblangan Germaniya fuqarosi Belarusda oʻlim jazosiga hukm qilindi

Krigerning qilgan jinoyatlariga aynan nima sabab boʻlgani va ular qachon sodir etilganligi nomaʼlum. Maʼlum boʻlishicha, u harbiy obyektlarni suratga olish va temir yoʻl liniyasiga portlovchi moslama oʻrnatishda ayblanib, terrorizm va josuslik boʻyicha sudlangan.Inson huquqlari tashkilotlari Belarusni qatlni toʻxtatishga chaqirib, tegishli jarayon va adolatli sudlov zarurligini taʼkidladi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi konsullik yordamini koʻrsatmoqda va Kriger nomidan Belarus huku

15 Jul 12:02
 
52
0
qalampir.uz

Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.   Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojar