calendar 12 Jul 11:41
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

1 milliard soʻmlik tabiiy gaz va elektr energiyasining pulini toʻlamay ishlatganlar aniqlandi

image
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshkoʻpir, Uchkoʻprik, Buloqboshi, Shofirkon va Romitan tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir qator shaxslar tadbirkorlik subyektlarini noqonuniy tarzda tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga ulab, umumiy qiymati 1 milliarddan ortiq davlat va jamiyat manfaatlariga zarar keltirgani aniqlandi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshkoʻpir tumanida joylashgan 'B.S.' fermer xoʻjaligi rahbari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tijorat maqsadida 'MTZ-80' motorli suv nasosi uskunasini tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 417 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvda esa 'Sh.O.' MCHJ rahbari O.Yu. MCHJ ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulab, 286,2 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy oʻzlashtirgani maʼlum boʻlgan.Yana bir holat Andijon viloyati Buloqboshi tumanida aniqlandi. Qayd etilishicha, 'N.F-M.' MCHJ energetigi A.Z. va boshqalar MCHJning ishlab chiqarish uskunalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 230 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh qilingan.

Bundan tashqari, Shofirkon va Romitan tumanlarida joylashgan 'I.F.' fermer xoʻjaligi hamda 'Ch.K.' MCHJ masʼul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 122,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

'Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq Andijondagi noqonuniy mayning-ferma davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million soʻm zarar yetkazgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8

15 Jul 12:03
 
156
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

11 Jul 15:12
 
65
0
xs.uz

Prezident yangi ochilgan Qoʻqon aeroporti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida 11-iyul kuni Fargʻona viloyatiga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Mamlakatimizda transport infratuzilmasi sohasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Birgina havo yoʻllari tarmogʻida Samarqand, Termiz, Moʻynoq, Zomin aeroportlari yangilanib, ishga tushirildi. Toshkent va Urganch xalqaro havo portlari taʼmirlanmoqda, 'Toshkent-Sharqiy' qayta qurilmoqda.Joriy yil mart oyida Qoʻqon aer

26 Jul 10:20
 
33
0
xs.uz

Ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻldi

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona 'Aminometil' hamda 3 dona 'Tropikamid' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.Shuningdek, ayblanuvchining yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dor