calendar 11 Jul 19:41
eye 108
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda oʻt oʻchirish mashinasi va “Gentra” ishtirokida YTH sodir boʻldi

image
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida oʻt oʻchirish mashinasi va 'Gentra' rusumli avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, hodisa bugun, 11-iyul kuni soat 16:30 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy koʻchasida sodir boʻlgan.

Aniqlik kiritilishicha, Olmazor tumani Muhokama koʻchasidagi 14-uyda yongʻin sodir boʻlayotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiruvga asosan mazkur manzil tomon harakatlanib ketayotgan 27 yoshli M.A. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yongʻin qutqaruv maxsus transport vositasi hamda 2001-yilda tugʻilgan S.F. boshqaruvida boʻlgan 'Gentra'rusumli avtomashinalar ishtirokida yoʻl transport hodisasi yuz bergan.

YTH oqibatida 'Gentra'haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 14:55
 
87
0
qalampir.uz

Toshkentda avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs qamaldi

Toshkentda mashhur UZB seriyali avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs ikki yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Gentra rusumli avtomashinasiga UZB qalbaki raqamini o‘rnatib foydalanib kelgan. Fuqaro ushbu raqamlarni Rossiya Federatsiyasidagi firmalarning biridan buyurtma asosida sotib olgan. Bundan tashqari u javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektorlariga tegishl

15 Jul 12:03
 
31
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

15 Jul 12:03
 
68
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos ' doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.Oʻzbekiston va Rossiya oʻrta

19 Jul 18:14
 
57
0
xs.uz

Qirgʻiziston rahbari Xivadagi yirik gilamchilik korxonasi bilan tanishdi

2020-yilda tashkil etilgan mazkur korxonada yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilib, Xitoy, Rossiya, AQSH, Qozogʻiston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.Yevropaning yetakchi davlatlari texnologiyasi bilan jihozlangan zamonaviy kombinatda bugungi kunda 750 kishi mehnat qilmoqda.Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumini, shuningdek, kombinat hududida tashkil etilgan 'Made in Uzbekistan' brendi ostidagi sanoat mahsulotl