Minnesota universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Oʻzaro muloqotda Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va unda Navoiy davlat pedagogika institutining oʻrni hamda Minnesota universitetining taʼlim tizimi, samaradorlikning omillari borasida fikr almashildi. Muzokaralar yakunida tomonlarning taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
' Minnesota universitetiga 1851-yilda asos solingan boʻlib, taʼlim sifati boʻyicha dunyoning 100 taligidan mustahkam oʻrin egallagan, ' deydi Navoiy Davlat pedagogika instituti rektori Muhiddin Kalonov. ' Eng muhimi, ish beruvchilar orasida yuqori reytingda boʻlib, bitiruvchilar ishga joylashishda muammoga duch kelmaydi. Hamkorlikda institutimizning tibbiyot yoʻnalishidagi aloqalarini yangi bosqichga koʻtarmoqchimiz.
Hamkorlik doirasida tomonlar oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi loyihalarni amalga oshirish, biologiya, kimyo va tibbiyot yoʻnalishlaridagi talabalar hamda professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, fan dasturlarini birgalikda takomillashtirish, professor-oʻqituvchilarni tizimli tajribasini oshirish masalalarida kelishib olishdi.
22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
'Oʻzgidromet' 22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini'maʼlum qildi.Toshkent'shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Nav
Qarshida 585 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharida 105 million soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. 'Epica' rusumli avtomashinasida fuqaro R.K.ning tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga
Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.
Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant