calendar 11 Jul 15:27
eye 97
comments 0
comments Manba: xs.uz

Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

image
Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Ravshanovich Abdullayev boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent shahri hokimining 11-iyuldagi farmoyishida maʼlum qilindi.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmatiga koʻra, Farhod Abdullayev 'Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati' AJ raisi etib tayinlangan. Uchtepa tumani hokimi vazifasini esa hokimning birinchi oʻrinbosari Jamshid Olimjonov vaqtincha bajarib turadi.

Maʼlumot uchun, Farhod Abdullayev 1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1999-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida qator korxonalar rahbari, xususan, 2011html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2017-yillarda Sergeli tumanidagi 'Toshkent rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi' AJ bosh direktori, 2017html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2018-yillarda 'Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi' AJ bosh direktori lavozimida ishlagan. 2019-yildan to hozirgacha Farhod Abdullayev poytaxtning Uchtepa tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Buxoro shahrining sobiq hokimi Jamol Nosirov Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
45
0
xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli y

26 Jul 10:21
 
51
0
xs.uz

Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Unga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining boʻsh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:Toshkent shahar hokimligining 'Toshkent' MFY Yangi aylanma yoʻli manzilida joylashgan Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida davlat byudjetidan moliyalasht

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:21
 
55
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari