calendar 11 Jul 15:13
eye 92
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentdagi barcha mozaikali turar-joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi

image
Toshkent shahridagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod etilgan.

Qayd etilishicha, poytaxtda koshinkor qadamalarni saqlab qolish va ularni toʻsib turgan reklama qurilmalaridan xalos etish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Hammasi boʻlib 70 dan ortiq mozaika, ulardan 40 dan ziyodi aprel oyidan iyunning boshigacha tashqi toʻsiqlardan holi qilingan. Eng soʻnggi reklama banneri Beruniy koʻchasi, 2-uy binosidan yechilgan.

'Biz keng jamoatchilikka oʻz minnatdorchiligimizni izhor etib, mozaikalar haqidagi maʼlumotlarni mosaic@acdf.uz elektron pochta manziliga yuborish mumkinligini eslatib oʻtamiz', deyiladi xabarda.

'Газета.uz'нинг Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga tayanib yozishicha, boshqarma 2021-yildan buyon mozaikalarni asrab-avaylash muammosi bilan shugʻullanib keladi. Kampaniya boshlanishida mutaxassislar hujjatlarni toʻplashgan, mozaikalarni oʻrganishgan, ilmiy ekspert maslahatlarini oʻtkazishgan va pannolarni Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritishgan.

Joriy yilning mart oyi oxirida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental sanʼat yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Ulardan 117 tasi poytaxtda. Mozaikalarning aksariyati, roʻyxatga koʻra, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida joylashgan.

Hukumat qaroridan soʻng, apreldan iyungacha Toshkentda 40 dan ortiq pannolar reklamadan ozod qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
32
0
xs.uz

Olti nafar investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi

Mazkur xususiylashtirish jarayonlari Deloitte kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish boʻyicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.Natijada, 2024-yil 15-iyulga qadar dunyoning turli mamlakatlarid

11 Jul 15:12
 
53
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,54'soʻmga oshdi va'12 618,26'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham'29,62'soʻmga koʻtarilib,'13 675,67'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,31'soʻmga pastlab,'142,90'soʻmni tashkil qildi.

11 Jul 15:12
 
94
0
xs.uz

Yevro kursi tushdi, dollar esa yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 2,85 soʻmga oshdi va 12 632,88 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 1,97 soʻmga pastlab, 13 667,51 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,03 soʻmga koʻtarilib, 144,52 soʻmni tashkil qildi.

19 Jul 16:30
 
60
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'8,96'soʻmga oshdi va'12 610,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'53,26'soʻmga tushib,'13 720,98'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,'22'soʻmga pastlab,'143,28'soʻmni tashkil qildi.