calendar 11 Jul 15:12
eye 55
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zelenskiy Baydendan Rossiyaga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda

image
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenni Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda 'Neue Zhtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endrcher Zeitung' nashri yozmoqda.

Nashrga koʻra, u Baydendan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga Gʻarb qurollari bilan hujum qilish uchun barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan.

Maqolada Zelenskiy Ukraina bu qadamni kutayotgani qoʻshimcha qilingan. Izohlanishicha, Rossiya hududiga 'chuqur zarbalar'siz Kiyev hech narsa qila olmaydi.

Yaqinda bir qancha Gʻarb davlatlari Kiyevga oʻz qurollari bilan u yoki bu shaklda Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat berdi. Xususan, bu haqda yaqin vaqtgacha Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida ishlagan Rishi Sunak va uning hukumatida Mudofaa vaziri Grant Shapps aytib oʻtgandi.

Shu yilning iyun oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi qurollar yetkazib berilishiga assimetrik javob berishi mumkinligini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya oʻz qurollarini Kiyevni taʼminlovchi davlatlarning nozik obyektlariga hujumlar uyushtirilishi mumkin boʻlgan hududlarga oʻtkazish imkoniyatini koʻrib chiqadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
67
0
qalampir.uz

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor – Kuleba 

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatda harbiy harakatlar boshlanganidan beri birinchi marta rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda u Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyor ekani, lekin bu faqat “adolatli shartlar” asosida bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. “Dmitriy Kuleba Ukrainaning izchil pozitsiyasini isbotladi, ya’ni Rossiya vijdonli muzokaralar olib borishga tayyor

17 Jul 20:39
 
89
0
qalampir.uz

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytiradi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari doimiy vakillari qo‘mitasi Rossiyaga qarshi 2014 yilda joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda YeIdagi diplomatik manbaga tayanib, TASS xabar berdi.  Qayd etilishicha, sanksiyalar 2025 yil yanvar oyi oxirigacha amal qiladi. Rossiyaga qarshi cheklovlarni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror 22 iyul kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida rasman tasdiqlanadi. G‘arb Ukraina tufayli

15 Jul 15:20
 
70
0
xs.uz

Viktor Orban Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlariga Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha oʻz rejasini yetkazdi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha tinchlik rejasi Yevropa Ittifoqini barcha davlatlari yetakchilarining stolida turibdi.Bu haqda hukumat rahbarining siyosiy direktori Balaj Orban 'Magyar Nemzet' gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi. 'Vaziyatni real baholash, real maqsadlar va mos vaqt jadvali ' mana bizning yondashuvimiz nimaga asoslanadi', deya qoʻshimcha qilgan siyosatchi.Rasmiyning soʻzlariga koʻra, Vengriyaning rolini ortiqcha baholamas

20 Jul 12:27
 
56
0
qalampir.uz

Zelenskiy ham Tramp bilan uchrashadi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kecha, 19 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social’dagi sahifasida yozdi. “Prezident Zelenskiy bilan bugun juda yaxshi telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Sizning keyingi prezidentingiz sifatida men dunyoga tinchlik o‘rnataman va ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan va son-sanoqsiz begunoh oilalarni vayron qilgan urushga barham beraman. Har ikki tomon