calendar 11 Jul 15:12
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xorazm va Toshkentda «valyutchik»lar ushlandi

image
Toshkent shahar Yashnobod tumani va Xorazmning Qoʻshkoʻpir tumanlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament'xabar berdi.

Bildirilishicha, holatlardan biri departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi. Unda tumandagi Visol koʻchasida joylashgan xonadonlardan birida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.X. fuqaro J.X.ga jami 5 150 AQSH dollarini 65 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, yonidan 90,5 million soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.R. fuqaro E.Q.ga jami 3 500 AQSH dollarini 43,7 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:37
 
17
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,00 soʻmga oshdi va 12 619,96 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 22,12 soʻmga koʻtarilib, 13 779,73 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 3,26 soʻmga pastlab, 135,83 soʻmni tashkil qildi.'

11 Aug 03:44
 
43
0
xs.uz

Rubl kursi pastladi, dollar esa yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,97 soʻmga oshdi va 12 651,98 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 29,51 soʻmga koʻtarilib, 13 824,82 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,05 soʻmga pastlab, 145,91 soʻmni tashkil qildi.

26 Jul 10:18
 
48
0
postda.uz

QIMMATGA TUSHGAN TANISHUV

Azat (ismlar o‘zgartirildi) o‘zining o‘ttiz ikki yillik hayoti davomida ikki marotaba qilmishlari uchun jinoiy jazoga tortildi. Ammo bundan tegishli xulosa chiqarmadi, shekilli, yana jinoyatga qo‘l urdi. Oldingi qilmishi uchun axloq tuzatish jazosini o‘tab yurgan Azat bir kuni «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i orqali Sarvinoz ismli qiz bilan tanishib qoldi. Dastlab shunchaki tanishuv asnosida boshlangan munosabatlar keyinchalik do‘stlikka aylandi. Azat qizning ishonchiga kirishga

27 Jul 08:50
 
85
0
postda.uz

Olti oylik faoliyat sarhisob qilindi

Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yilning birinchi yarmi yakuniga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkib