Fuqarolar koʻp mablagʻ olmayapti! Oʻzbekistonda pensiya islohoti amalga oshirilishi mumkin

Oʻzbekistonda pensiya badallari darajasi (12-25 foiz) boshqa mamlakatlarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Biroq toʻlovlarning yalpi koeffitsiyenti (55 foiz) oʻrtacha. Ushbu koʻrsatkich ishchining oʻrtacha ish haqiga nisbatan olingan oʻrtacha pensiyani koʻrsatadi. Bu nomuvofiqlik fuqaro pensiya badallaridan koʻp mablagʻ olmayotgani va pensiyalar juda past ekanini anglatadi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda norasmiy bandlik yuqori boʻlgani sababli pensiya taʼminoti tizimining qamrovi past boʻlib ' 38 foizni tashkil etadi. Pensiya mexanizmlari sifatida foydalanish mumkin boʻlgan rasmiy moliyaviy xizmatlar ommabopligi ham past.
Oʻzbekiston pensiya tizimi majburiy badallar boʻyicha belgilangan toʻlov tizimidan iborat boʻlib, borgan sari davlat byudjetidan koʻproq moliyalashtirilmoqda.
Soʻnggi 10-yilda Pensiya jamgʻarmasi daromadlari 3,4 baravarga oshgan boʻlsa, xarajatlari 5 baravarga oshgan. 2020-yildan pensiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan doimiy ravishda transfert ajratilmoqda.
2022-yilda transfert miqdori 11 trln soʻm (jami xarajatning 24,7 foizi)ni tashkil etgan boʻlsa, 2023-yilda 15 trln soʻm (29 foiz) koʻzda tutilgan. 2030-yilda transfert miqdori 38 trln soʻmga yetishi prognoz qilinmoqda.
Aksariyat mamlakatlarda mazkur komponent kasbiy pensiya dasturlari yoki shaxsiy jamgʻarish dasturlari bilan toʻldiriladi. Oʻzbekistonda kasbiy pensiya rejalari mavjud emas. Mavjud boʻlgan yagona individual jamgʻarish dasturi majburiy boʻlib, badallar stavkasi past boʻlgani (oylik ish haqining 0,1 foizi) va cheklovchi qoidalari koʻp boʻlgani bois katta ahamiyat kasb etmaydi.
Ushbu mablagʻlarga har yili inflyatsiya miqdorida foiz daromadlari (2021-yilda 10 foiz, 2022-yilda 12,4 foiz, 2023-yilda 8,8 foiz) hisoblansa-da, fuqarolar oʻz jamgʻarmalarini ixtiyoriy ravishda boshqa moliyaviy instrumentlarga yoki bank omonatlariga yoʻnaltirish huquqiga ega emas.
Strategik islohotlar agentligi Oʻzbekistonda pensiya tizimini takomillashtirish uchun quyidagilarni taklif qilmoqda:
Agentlikka koʻra, pensiya tizimini takomillashtirish maqsadida prezident farmoni loyihasini ishlab chiqish kerak.
'Bunda: pensiya tizimini keng koʻlamli isloh qilish, shu jumladan pensiya tayinlash shartlarini qayta koʻrib chiqish, pensiya yoshini umr davomiyligiga moslab qayta koʻrib chiqish, ish staji yoki pensiya olish uchun badallarni qayta koʻrib chiqish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va aholi qamrovini oshirish kabi jihatlar inobatga olinishi maqsadga muvofiq', deyiladi rasmiy axborotda.
Qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yoʻlovchiga koʻpaygan. Shu tariqa, oʻsish surati 101,8 foizni tashkil qildi.Qayd etish joizki, temiryoʻl transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni soʻnggi 4-yilda muntazam oshib borganligini koʻrish mumkin.Jumladan, 2020-yilda 6 million 155,3 ming, 2021-yilda 7 million 949,4 ming, 2022-yilda 9 million, 2023-yilda 9 million 626,5 ming nafar yoʻlovchi manziliga yetib olish maqsadida temir y
Dollar kursi yana osha boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,13 soʻmga'oshib,'12 897,20 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'48,68 soʻmga'koʻtarilib,'13 449,20 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,81 soʻmga'tushdi va'144,65 soʻmni'tashkil qildi.
Toshkentda biznes-forum boshlandi
Biznes-forum doirasida O'zbekiston va Polshaning investitsiyaviy salohiyati, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
“Gohi shodlik, gohi gʻam”: Xorijiy valyutalar yoppasiga pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 24-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,87 soʻmga pasayib, 12 979,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,78 soʻmga tushib, 13 513,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,64 soʻmga pasaydi va 131,22 soʻmni tashkil qildi.Qayd etish kerakki, soʻnggi uch kunda barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbati ortib borayotgan edi.