calendar 11 Jul 15:12
eye 126
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Ashxobod” bogʻidagi tartibsizliklardan soʻng ommaviy tadbirlarda tekinga mahsulot tarqatish Hukumat qarori bilan taqiqlandi

image
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-iyun kuni Toshkent shahrida tekinga oʻyinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqidagi xabarlar ortidan 'Ashxobod' bogʻi va uning atrof hududida katta tirbandlik hamda tiqilinch yuzaga kelgandi.

Shu va shu kabi sabablar bilan endilikda Oʻzbekistondagi ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi.

Bu haqda 'Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi hukumat qarorida belgilandi.

Hujjatga koʻra, Milliy gvardiya va IIV tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belgilanayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan soʻzsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Hukumatning ushbu qarori bilan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga tegishli oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻygan ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Eslatib oʻtamiz, tekinga oʻyinchoq va muzqaymoq tarqatilishi haqidagi xabarlar ortidan 'Ashxobod' bogʻi va uning atrof hududida katta tirbandlik hamda tiqilinch boʻyicha bogʻ direktori, uning oʻrinbosari va reklama boʻlimi boshligʻiga 15 sutka qamoq jazosi berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 20:27
 
103
0
xs.uz

«Oʻzgidromet» fuqarolarni joriy yilning 25-29-iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilayotgani munosabati bilan ogohlantirdi

Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha boʻlishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham shu munosabat bilan fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish qoidalarini eslatdi.Bildirilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʻir taʼsir qiladi. Hatto sogʻlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʻgʻri keladi.Quyosh

19 Jul 19:46
 
72
0
xs.uz

Qirgʻiziston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda boʻlgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi.Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi, ularning yakunida yetakchilar Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi. Energetika, avtomob

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

26 Jul 10:20
 
41
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.