calendar 11 Jul 15:12
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi

image
Senatning 54-yalpi majlisida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.

Parlament soʻroviga berilgan javob orqali respublikamizda oʻziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning fondini saqlab qolish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni oʻrganish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini koʻrish mumkin.

Xususan, soʻnggi besh yilda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) faoliyatiga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarori va 1 ta farmoyishi qabul qilingan. Olib borilgan ishlar natijasida respublikada METH maydoni 6,4 mln ga yetkazilib, mamlakat hududining 14,08 foizini tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF'37-sonli Farmoniga muvofiq joriy yilda Fargʻona va Namangan viloyatlarida milliy tabiat bogʻlarini tashkil etish hamda METH maydonini 14,2 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Transchegaraviy METH tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilib, manfaatdor tomonlarga taqdim etilgan.

METHda hayvonot va oʻsimlik dunyosi kontrabandasi, noqonuniy ovchilik, oʻsimliklarning noqonuniy kesilishining oldini olish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va monitoring qilish boʻyicha smart monitoring tizimi joriy etilib, kadastr maʼlumotlarini toʻplash hamda shakllantirish va tahlil qilish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geografik axborot tizimiga integratsiya qilingan. METHda 500 dan ortiq fotoqopqon oʻrnatilib, yovvoyi hayvonlar hisobi va monitoringi yuritilmoqda.

METH birlamchi yongʻinga qarshi kurashish vositalari bilan taʼminlangan, yongʻinga qarshi yoʻllar taʼmirlanib, minerallashtirilgan yoʻlaklar barpo etilgan.

Biotexnik tadbirlar uchun 693 ta nuqtada omuxta yem oxurlari, 92 ta nuqtada sunʼiy suvloqlar, 500 dan ortiq tuzloqlar va qoʻshimcha oziqlantirish maskanlari tashkil etilgan.

METHda ilmiy-tadqiqotlar olib borishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maxsus transport vositalari, laboratoriya jihozlari, elektron mikroskoplar, fotoqopqonlar va boshqa texnik anjomlar xarid qilingan.

METHga antropogen omillar taʼsirini kamaytirish maqsadida qator qoʻriqxonalarga tutash hududlarda qoʻriqlanma (bufer) zonalar tashkil qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar turlarini muhofaza qilish va takror koʻpaytirish maqsadida Buxoro bugʻusi parvarishxonalari, Qizilqum arxari parvarishxonasi hamda ixtisoslashtirilgan 'Jayron' pitomniklari tashkil qilingan.

Sohada huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 2023-yil davomida ikki mingga yaqin nazorat reyd tadbirlari amalga oshirilgan. METHga tutash hududlarda istiqomat qiladigan aholi oʻrtasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Qayd etilganidek, parlament soʻrovi javobi tahlillari va oʻtkazilgan oʻrganishlar ayrim masalalar hamon dolzarbligicha qolayotganni koʻrsatmoqda.

Jumladan, METHda biotexnik tadbirlarga mablagʻlar mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirilishi lozim boʻlsa-da, ayrim holatlarda ular tomonidan yetarli mablagʻ ajratilmay qolmoqda.

Hududlar xususiyatlarini, tabiiy majmualar va hududiy farqlarni hisobga olgan holda ekologik indikatorlarni ishlab chiqish lozim.

Noqonuniy chorva mollari boqilishi, yerlarning oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va boshqa salbiy omillar sababli METHning biologik xilma-xilligi qisqarishi, umumiy biomassasi siyraklashishi davom etmoqda.

METH yer maydonlarini sanoat va boshqa maqsadlar uchun zaxiraga qaytarish uchun harakatlar kuchayib bormoqda.

Yalpi majlisda yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilish, shuningdek, maʼlum vaqt talab etadigan va doimiy nazorat lozim boʻlgan ayrim masalalar parlament nazoratida qolishi qayd etildi.

Muhokamalardan soʻng Senatning tegishli qarori qabul qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 17:35
 
58
0
xs.uz

Fargʻonada harakatdagi mashinadan sakragan yigitni boshqa mashina bosib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarida yurib ketayotgan avtomashinadan tushib ketgan yigitni boshqa mashina bosib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 16-iyul kuni Fargʻona shahar Qirguli mavzesi Shifokorlar koʻchasida fuqaro N.K. boshqaruvidagi 'Damas' rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakrab yuborgan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning

18 Jul 22:38
 
115
0
xs.uz

Maosh 8 mln soʻmdan yuqori: Oʻzbekistonliklar Rossiyadagi korxonaga ishga taklif qilinmoqda

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar Rossiyaning 'Ozon Komyuniti' korxonasiga ishga taklif etilmoqda. Ish turi omborxona ishlari. Oylik maosh 60 ming rubl (taxminan 8,5 million soʻm)dan boshlanadi (barcha soliqlar ushlangandan keyin).Nomzodlar uchun talablar:Ish beruvchi hisobidan: aviachipta, bir mahal ovqat, yotoqxona va transport.Roʻyxatdan oʻtish

18 Jul 18:56
 
95
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini yuqori baholadilar

Oʻzbekiston rahbari Qirgʻiziston Prezidentining davlat tashrifi tarixiy voqea boʻlgani va mamlakatlarimiz koʻp qirrali hamkorligida yangi davrni boshlab berganini taʼkidladi.Bu galgi sammitga birgalikda jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilgani qayd etildi. Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti samarali oʻtdi. Shu kunlarda mamlakatimiz hududlarida Qirgʻiziston madaniyati kunlari oʻtkazilmoqda.Har doimgidek ochiq, konstrukt

18 Jul 11:32
 
81
0
xs.uz

Olim Saidov Respublika “GAI” rahbarligidan ketdi

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga polkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov tayinlandi.Tayinlovga qadar Sherzod Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.Olim Saidov 2019-yil noyabr oyidan shu kungacha IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bunga qada