calendar 11 Jul 15:11
eye 51
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kreditini vaqtida qaytarmagan fuqaro mashinasini begonaning uyiga yashirdi

image
Kreditini vaqtida qaytarmagan fuqaro xatlovdagi mashinasini begonaning uyiga yashirganligi aniqlandi. Majburiy ijro byurosi bu haqda 'Xalq soʻzi'ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 'MAZDA 5 AT' rusumli avtomashina begonaning uyiga yashirib qoʻyilgan. Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining ajrimiga asosan qarzdor 'G.F' MCHJga tegishli boʻlgan 'MAZDA 5 AT' rusumli avtomashinasini xatlovda boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro 'Madad Invest Bank' ATBdan kredit olgan va uni oʻz muddatida qaytarmagan. Shu sababli, kredit qarzdorligini garov mulkiga qaratish kerak edi. Ushbu ijro hujjati Byuroning Fargʻona viloyati boshqarmasi AMIB boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qoʻzgʻatilgan.

Ijro harakatlari davomida koʻrsatilgan manzilga bir necha marotaba borib koʻzdan kechirilganda, avtomashina yoʻqligi aniqlangan. Keyinchalik ushbu mashina Margʻilon shahrida begona fuqaroning yashash xonadoniga yashirilgani aniqlanib, qidiruv shoʻbasi inspektori tomonidan xatlangan va saqlash uchun jarima maydonchasiga olib borilgan.

Avvalroq fuqaro alimentdan 8-yillik qarzi uchun 10 ming dollar toʻlganligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
14
0
xs.uz

Sanʼatkorlardan oʻqituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniVatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirish, oʻzining yorqin isteʼdodi, koʻp qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidag

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonda sholi yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda 'Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi prezident qarorida belgilandi.Qarorga koʻra, 2025'2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yi

26 Jul 10:21
 
54
0
xs.uz

Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi

Farmonga koʻra:2025-yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish choralari koʻriladi.Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash s

22 Jul 14:47
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni maʼlum qilindi

Hujjatga koʻra, bugungi kunda turar va noturar joy obyektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni koʻpaytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obyektlarni buzish, qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan toʻgʻri tartibga solish maqsadga muvofiq.Maʼlumot uchun, ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991-