calendar 11 Jul 15:11
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryoda 13 yoshli qizning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

image
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 13 yoshli qizning jasadi yashash uyining mehmonxonasidan qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Yangiyer shahri Shukrona MFYdagi uylardan birida ijara asosida yashovchi S.M. joriy yilning 3-iyul kuni soat 19:00 larda ishdan yashash xonadoniga kelganda uyning mehmonxonasida 13 yoshi qizi K.S.ning jonsiz tanasini topgan. Shundan soʻng S.M. soat 19:30 larda shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa sodir boʻlgan joy tezkor-tergov guruhi aʼzolari ishtirokida koʻzdan kechirilib, protsessual tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hodisa joyidan barmoq izlari, 2 dona yostiq, 2 dona pivo spirtli ichimligining yelim idishi, 2 dona qulflar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Shuningdek, marhuma K.S.ning murdasi koʻzdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Yangiyer tumanlararo sud tibbiy ekspertizacining birlamchi maʼlumotnomasida voyaga yetmagan K.S.ning oʻlimi boʻyin aʼzolarining qisilishi, boʻgʻish natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab boʻlganligi qayd etilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan oʻsha kunning oʻzida, Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda jinoyat ishi boʻyicha viloyat prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Ushbu jinoyatni fosh etish yuzasidan viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan tergov-tezkor guruhi tomonidan jinoyatni sodir qilgan shaxsni aniqlash yuzasidan tezkor tergov harakatlari davom ettirilmoqda', deyiladi Prokuratura taqdim etgan maʼlumotnomada.

Qoʻshimcha qilinishicha, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan Yu.X.ni qidirib topish boʻyicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

11 Jul 15:10
 
113
0
qalampir.uz

Prezident samolyoti Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun, 11 iyul kuni Farg‘ona viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lumki, joriy yil mart oyida Qo‘qon aeroporti yangidan ochilgan. Bugun O‘zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo‘ndi. Mazkur aeroport 1977 yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalani

17 Jul 19:14
 
72
0
xs.uz

Sanepidqoʻmita fuqarolardan yoʻl yoqasidagi chodirlardan tarvuz va qovun sotib olmaslikni soʻradi

Qoʻmitaga koʻra, bunday poliz mahsulotlari va mevalar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni oʻziga oʻzlashtiradi va sogʻliq uchun zararli hisoblanadi. Xususan, qovun mahsuloti notoʻgʻri isteʼmol qilinsa, inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.'Diyetologlar qovunni asosiy ovqatlar orasida, boshqa ovqatlar bilan aralashmasdan isteʼmol qilishni maslahat beradi. Uni och qoringa, shuningdek kechqurun soat 17:00-19:00 dan keyin isteʼmol qilish tavsiya eti

18 Jul 10:51
 
55
0
xs.uz

Toshkentda minglab xonadonlar tabiiy gazdan uzib qoʻyildi

Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy, Yunusobod va Uchtepa tumanlarining quyidagi hududlariga 18-iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda 'Hududgaz Poytaxt' gaz taʼminoti filiali axborot xizmati'xabar berdi.Yakkasaroy tumaniYunusobod tumaniUchtepa tumani'Hududgaz Poytaxt' gaz taʼminoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻragan.