calendar 11 Jul 15:11
eye 177
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda 3 yoshli bolani vahshiylarcha oʻldirgan erkak qamoqqa olindi

image
Avvalroq Toshkent shahrida 31 yoshli erkak oʻzi bilan birga qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tugʻilgan 3 yashar oʻgʻlini pichoqlab, oʻldirgani'xabar berilgandi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning maʼlum qilishicha, qotilga nisbatan 'qamoqqa olish' tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Bildirilishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudi tomonidan Yashnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi 'v', 'j' bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi S. M.ga (erkak, 1993-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan, oilali, maʼlumoti ' oʻrta-maxsus, muqaddam sudlangan, ishsiz) nisbatan 'qamoqqa olish' tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash hamda sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari taqdim etilgan hujjatlar bilan koʻrib chiqilgan.

Sudning 2024-yil 10-iyuldagi ajrimlari bilan iltimosnomalar qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi S. M.ga nisbatan 'qamoqqa olish' tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 13 yoshli qizning jasadi yashash uyining mehmonxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
185
0
xs.uz

Fargʻonadagi Ekoshaharda yangi bogʻ barpo etildi

'Yangi Oʻzbekiston' turar-joy massivi 65 ming aholi yashashi uchun moʻljallangan. Massiv hududida 70 gektar hududda 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻi tashkil etildi. Ekoshahardagi yangi amfiteatrda bogʻning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining Fargʻona ahliga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.' Tabrikda bogʻ hududida joylashgan Oʻzbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida muno

15 Jul 12:03
 
131
0
xs.uz

Toshkentda koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi

Qayd etilishicha, 14-iyul kuni soat 22:10 da Yashnabod tumani, 'Vatandosh' MFY Tuzel dahasi 12-A uydagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:33 da oʻchirilgan. Sodir boʻlgan yongʻin natijasida xonadondagi uy jihozlar yongan.Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.

17 Jul 11:01
 
87
0
xs.uz

Ayrim tuman va shahar hokimlari ishdan olindi

'Yashil' energetikadagi islohotlar natijasida hozirgacha ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt 'yashil' energiya olindi.Bu yarim milliard kub metr gazni tejash imkonini berdi.Shu yilning oʻzida mahallalarni obod qilish, bogʻcha, maktab, tibbiyot, yoʻl, suv, elektr kabi infratuzilmani yaxshilash uchun byudjetdan 31,5 trillion soʻm ajratildi. Bunga yana 1,5 trillion soʻm ajratilishi belgilandi.Yil boshida