calendar 10 Jul 09:54
eye 138
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Agrippina Shin yangi lavozimga tayinlandi

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Viktor Veniaminovich Nam Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimidan ozod qilindi va uning o‘rniga Agrippina Vasilevna Shin tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

U  2022 yil 30 dekabrdan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida, 2023 yil 23 martdan Maktabgacha ta’lim agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Prezidentning 2024 yil 2 iyul kuni imzolangan “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgandi.  

Qayd etilishicha, Puchon universiteti rektori lavozimidan ozod qilingan Viktor Veniaminovich Nam Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimiga tayinlangan. Shu lavozimda ishlab kelayotgan Qahramon Tanzilovich Olimov esa lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Eldor Sodiqovich Yo‘ldoshev Toshkent shahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining direktori lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziyev tayinlandi.

Bundan tashqari, Eldor O‘ralovich Shermanov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori – rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
115
0
xs.uz

Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi

Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan 'Damas' rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.'Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq', deydi haydovchilardan biri.Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.Shuningdek, bu holatlarga

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi 'Xalqlar doʻstligi' sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 'Bitiruvchi ' 2025' tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay

08 Jun 02:26
 
30
0
xs.uz

Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi

'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml

13 Jun 00:36
 
28
0
xs.uz

Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi

Otabek ISROILOV/'Xalq soʻzi'. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.' Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, ' dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush