calendar 09 Jul 21:10
eye 95
comments 0
comments Manba: postda.uz

НОШУКУРЛИК ОҚИБАТИ

image

Кунлардан бирида кар, соқов ва сўқир нола қилиб қолибди:

– Эй, худо, бизни соппа-соғ қилиб яратгандинг, нега энди вақт ўтиб, бу бахтсизликни раво кўрдинг.

– Сенга, – дебди Яратган карга қараб, – бу камчилик ўзингдан бошқа ҳеч кимни тинглашни истамаганинг учун насиб қилган. Энди сен ҳеч кимни эшитмайсан ва бундан кейин фақат ўз фикр-ўйларингга бемалол қулоқ тутишга ҳеч ким халақит қилмайди.

– Сен, – дея мурожаат қилибди у кўрга, – ўзинг ва ўз эҳтиёжингдан бошқа ҳеч кимни ва ҳеч нарсани кўришни истамасдинг. Энди эса кўришни хоҳламаган нарсаларни кўриш учун куч сарфлаб ўтирмайсан.

– Сенга эса, – дея давом этибди у соқовга қараб, – жим туриш имконияти берилди, чунки ҳеч кимга қулоқ солмай, гап бермай қўйгандинг. Шундай қилиб, ҳаммангиз истаган мақсадингизга эришдингиз. Нега энди қувониш ўрнига, ғамга ботиб ўтирибсиз?

Бахтиқаролар жавоб бера олишмабди. Уларнинг ҳеч бири ўзи учун бахт бўлиб кўринган жиҳат дард-аламга сабаб бўлишини тахмин қилмаганди.

Шуни унутмаслик керакки, инсонга қулоқ тинглаш ва эшитиш учун, кўзлар кўриш учун, тил эса мулоқот қилиш ва бошқа одамларнинг нутқи орқали уни тушуниш учун берилган. Шундай экан, ҳаётда туҳфа этилган барча неъматларнинг қадрига етиш, улардан ўринли фойдаланиш ва ўз манфаатини устун қўйишдек одатлардан воз кечиш муҳимдир.

Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 11:52
 
62
0
xs.uz

Jo Bayden yana koronavirus bilan kasallandi

AQSH prezidenti Jo Bayden koronavirus yuqtirib olgan va kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda. Bu haqda Oq uy xabar berdi.'Bugun ertalab, Las-Vegasdagi birinchi tadbirdan soʻng, prezident Bayden COVID-19 uchun sinovdan oʻtdi va natija ijobiy chiqdi', deydi Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer.Bayden Delaverdagi qarorgohida oʻzini izolatsiyaga olishi va vazifalarini bajarishda davom etish niyatida.Jo Bayden 2022-yilning iyul oyida ham koronavirus bilan kasallangan edi.

18 Jul 14:44
 
60
0
xs.uz

Rossiya va Ukraina soʻnggi yetti hafta ichida uchinchi marta oʻzaro asir almashdi. Urush tafsilotlari

Ukraina poytaxti Kiyevda havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning uchuvchisiz uchogʻini urib tushirgach, bir qancha portlashlar roʻy bergan.Ukraina janubidagi Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson shahriga Ukraina tomonidan oʻqqa tutilishi va dron hujumi oqibatida kamida bir kishi halok boʻlib, sakkiz kishi yaralandi.Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyati rasmiylari Ukraina uchuvchisiz samolyoti yoʻlovchi mashinasiga zarba berib, yosh er-xotinni oʻldirganini maʼlum qi

27 Jul 10:03
 
79
0
qalampir.uz

G20 vazirlari milliarderlarni global soliqqa tortish bo‘yicha kelisha olmadi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda G20 davlatlarining Moliya vazirlari milliarderlarga global soliq joriy etish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.  Nashrning qayd etishicha, ushbu mavzu aslicha qoldirilgan bo‘lsa-da, vazirlar kelajakda bu masalani muhokama qilishni davom ettirishga kelishib olgan. “Dunyoning eng qudratli hukumatlari milliarderlarga global soliq joriy qilish bo‘yicha kelishib

26 Jul 10:21
 
32
0
xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ha