calendar 09 Jul 18:50
eye 90
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ba’zi qoidabuzarliklar uchun jarimani ko‘paytirib, “tonirovka” uchun jazoni kamaytirish taklif etilmoqda

image

O‘zbekistonda "tonirovka" uchun jarimani kamaytirib, piyodani hayotiga xavf tug‘diruvchi qoidabuzarlik uchun jarimalarni ko‘paytirish taklif qilinmoqda. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, agentlik tomonidan ma’muriy choralar va ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligi o‘rganilib, bugungi kunda ma’muriy jarimalar miqdorini belgilash mexanizmlarining yo‘qligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bo‘lgan jarima solinishiga sabab bo‘layotgani aniqlangan.

"Ushbu yo‘nalish tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga doir qonun loyihalarini tashabbuskorlik bilan ishlab chiqish holatlari ko‘payib ketdi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uchun nazarda tutilgan 8,5 mln so‘mlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 mln so‘m bo‘lgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 mln so‘m etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa o‘zgarishsiz qolmoqda. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda avtomobil oynasini qoraytirganlik uchun o‘rnatilgan jarima 468 ming so‘mni, Rossiyada – 60 ming so‘mni, Belarusda – 138 ming so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning may oyidan boshlab ruxsatsiz tonirovka uchun 8 mln 250 ming so‘mgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari) jarima belgilangandi.

"Ta’kidlash joizki, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirish uchun belgilangan jarimalardan ustuvorlik jihatidan muhimroq hisoblanadi. Shuningdek, keyingi yillarda yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzish oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari, shu jumladan, inson o‘limiga olib kelayotgan YTHlar soni ko‘payib bormoqda (2023 yilda 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, shulardan 9209 tasida fuqarolar jabr ko‘rgan bo‘lib, 2282 tasi odam o‘limiga sabab bo‘lgan)", deyiladi xabarda.

Agentlikka ko‘ra, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita daxldor bo‘lgan YTHlar uchun belgilangan jarimalarni qayta ko‘rib chiqish va og‘irlashtirish zarur (piyodalar yo‘laklarida transport vositalarida harakatlanish (170 ming so‘m), piyodalar yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi (113 ming so‘m).

Ma’lumot uchun, Germaniyada piyodani o‘tkazib yubormaganlik uchun belgilangan jarima miqdori 1,1 mln so‘m, Buyuk Britaniyada – 1,6 mln so‘m, Fransiyada – 1,85 mln so‘m, BAAda – 1,7 mln so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida bir qator mamlakatlarda (Belarus, Latviya, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Italiya) ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” instituti joriy qilingan. “Ogohlantirish” jismoniy va yuridik shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti va mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (23-modda) muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 7 turdagi ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin. Biroq ma’muriy jazo turi sifatida “ogohlantirish” qo‘llanilmaydi.

Shu munosabat bilan Strategik islohotlar agentligi tomonidan quyidagi takliflar ishlab chiqilgan:

  1. joriy ma’muriy jarimalar miqdorini ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligini tekshirish;
  2. fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini oshirish masalasini ko‘rib chiqish;
  3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalarining korrupsiyaga qarshi kompleks ekspertizasini o‘tkazish;
  4. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” institutini kiritish.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
128
0
xs.uz

Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats

01 Jun 03:47
 
118
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

08 Jun 02:26
 
28
0
xs.uz

Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga 'Qanot Sharq' aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unda aytilishicha, 'Pusan-Toshkent' yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va 'Qanot Sharq' aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish j