Yengil vazn toifasidagi sobiq chempion amerikalik Maks Xollueyning Jastin Getjiga qarshi nokauti UFC promouterligining 2024 yil birinchi yarmidagi eng yaxshi nokaut deb topildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Xolluey hamyurti Jastin Getjini yubiley UFC 300 turnirining beshinchi raundi oxirgi soniyasida nokautga uchratdi va bu hozircha tashkilotning 2024 yildagi eng yaxshi nokauti bo‘lib turibdi.
Ikkinchi o‘rinni UFC 298 musobaqasida avstraliyalik Aleks Volkanovskini taslim etgan gruziyalik Iliya Topuriya egalladi. Topuriya Volkni zarbalar “yomg‘iri” bilan siylab, oktagon burchagiga qulatgandi. Bu borada Aleks Pereyraning nokauti kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Pereyra yaqindagina bo‘lib o‘tgan UFC turnirda chexiyalik raqibini oyoq zarbasi bilan oktagonga qulatdi, keyin esa to‘xtovsiz zarbalar bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Vinicius Oliveyra - Bernardo Sopay, Dastin Pore - Benua Sen-Deni janglaridagi nokautlar 2024 yilning birinchi yarmida tashkilotning eng yaxshi nokautlari ro‘yxatida 4 va 5-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi UFC jangchilari e’lon qilingandi.