calendar 09 Jul 14:33
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan aka-uka qamaldi

image

Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan aka-uka 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 iyun kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar aka-uka xizmatga jalb etilgan YPX xodimining qonuniy talabini bajarmay, qasddan huquqbuzarlik sodir etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilgan videoda  aka-ukalardan biri xodimga nisbatan qo‘pol so‘zlarni qo‘llagani tasvirlangan.

Shu kunning o‘zida olib borilgan tezkor choralar natijasida huquqbuzarlar IIBga olib kelingan va ularning harakatiga nisbatan to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etilgan.

Sud qarori bilan aka-uka Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik), 194- (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 135-moddalarida (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgan shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
25
0
xs.uz

Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta

20 Sep 00:21
 
28
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida nutq soʻzladi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sizlarni qutlashdan chin dildan mamnunman.Samimiy qabul va uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga bildirilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Germaniya Federal kansleri hurmatli Olaf Shols Janobi Oliylariga mintaqamiz mamlakatlari bilan ko'p qirrali sheriklikni kengaytirish tarafdori ekanligi uchun tashakkur izhor qilaman.Bizning Berlindagi ilk uchrashuvimiz va bugu

09 Oct 12:39
 
23
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

25 Sep 13:14
 
18
0
xs.uz

Prezident kasb-hunar taʼlimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy taʼlimni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.Bu haqda shu yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalar boʻyicha boʻlib oʻtgan vidoselektor yigʻilishida vazifa qoʻyilgan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida tizimning samaradorligi tanqidiy oʻrganilib, qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.Hozirgi kunda professional taʼlim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texn