Angliya terma jamoasi futbolchisi Jud Bellingem “Oltin to‘p” uchun asosiy favorit hisoblanadi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.
Bu borada Bellingem o‘zining “Real”dagi jamoadoshi, braziliyalik Vinisius Juniorni ortda qoldirib, asosiy favoritga aylandi. Kuchli uchlikni Kilian Mbappe (“Real”) yakunlab berdi.
Keyingi o‘rinlarni Rodri (“Manchester Siti”), Harri Keyn (“Bavariya”), Toni Kroos (“Real”), Filipp Foden (“Manchester Siti”) va Florian Virs (“Bayer Leverkuzen”) band etdi.
Ma’lumot uchun, argentinalik to‘p ustasi Lionel Messi “Oltin to‘p”ning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Sovrin 2010 yildan 2016 yilga qadar Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va “France football” nashri hamkorligida topshirildi. 2016 yildan boshlab esa “France football”ning o‘zi “Oltin to‘p” g‘oliblarini aniqlab kelmoqda.