calendar 08 Jul 21:46
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroilning G‘azoga hujumida yana 23 falastinlik halok bo‘ldi

image

Isroil armiyasining blokadadagi G‘azo sektorining turli hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida 23 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

To‘qnashuvlar Isroil armiyasi va Falastin qarshilik guruhlari o‘rtasida G‘azoning Shujayya, Zaytun va Tel al-Havva hududlarida davom etmoqda. G‘azo sektori shimolidagi G‘azo shahrida joylashgan Al-Ahli shifoxonasi ma’muriyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azoning Shayx Ridvan hududidagi uyga uyushtirgan hujumi oqibatida sakkiz nafar falastinlik, shahar janubidagi Basra hududida esa yana olti kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi Mina hududida uylardan biriga uyushtirilgan hujumda 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi, Tuffa va Zaytun hududlarida esa ko‘plab tinch aholi vakillari yaralandi. Sektor markazidagi Zevaideh hududidagi uyga uyushtirilgan hujum oqibatida olti falastinlik qurbon bo‘ldi va ko‘plab tinch aholi jarohatlandi.

Bundan tashqari, Nusayrat qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujumda kamida to‘rt falastinlik shikastlangan. Shu bilan birga, G‘azoning janubiy qismi – Xon Yunus shahridagi ba’zi binolarga, xususan, pochta bo‘limiga hujum uyushtirilgan. U yerda esa yaralanganlar soni uch nafarni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabrdan beri 37 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba bergani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
63
0
qalampir.uz

Tramp Putinning laychasi – Bayden

AQSH Prezidenti Jo Bayden yana Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinga nisbatan haqoratli bayonot berdi, shuningdek, uning asosiy siyosiy raqibi Donald Trampni Rossiya Prezidentining “laychasi” deb atadi. Bu haqda u kecha, 12 iyul kuni Michigandagi mitingda so‘z ochdi. Amerika yetakchisi respublikachi Trampning Rossiyaning Ukrainadagi urushga munosabatini muhokama qildi. “Qarang, bu juda jiddiy. Men uzoq vaqtdan beri biladigan o‘sha qassob Putin Ukrainaga bostirib k

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

16 Jul 11:23
 
67
0
qalampir.uz

Tramp Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi

AQSH Respublikachilar milliy qurultoyi delegatlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Donald Trampni AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish uchun ovoz berdi. Siyosatchi Miluokidagi (Viskonsin) qurultoyida Respublikachilar partiyasi delegatlarining aksariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ovoz berish asosan rasmiy xarakterga ega bo‘ldi: 4 iyun kuni yakunlangan ichki partiyaviy saylovlar natijalariga ko‘ra, Tramp o‘zining asosiy raqiblarini (AQSH

12 Jul 13:51
 
86
0
qalampir.uz

Bayden Zelenskiyni yanglishib Putin deb chaqirdi (video)

AQSH yetakchisi Jo Bayden kecha, 11 iyul kuni Vashingtondagi NATO sammiti paytida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanishtirayotganda yanglishib Prezident Putin deb chaqirdi. Bu haqda “The Hill”  xabar berdi.   “Endi men so‘z navbatini katta jasoratga ega bo‘lgan, qat’iyatli Ukraina Prezidentiga topshirmoqchiman. Xonimlar va janoblar, Prezident Putin”, degan Bayden. Shundan so‘ng, xatosini tushunib yetgan Jo Bayden “u Prezident