calendar 08 Jul 15:14
eye 117
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

UFC 2024 yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi 5 jangchini e’lon qildi

image

UFC promouterligining 2024 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi 5 nafar jangchisi reytingida rossiyalik Islom Maxachev peshqadam bo‘lmadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu boradagi reytingni braziliyalik Aleks Pereyra boshqarmoqda. Gruziyalik Iliya Topuriya 2-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, avstraliyalik Robert Uittaker kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

2024 yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi 5 ta UFC jangchilari:

1. Aleks Pereyra;
2. Iliya Topuriya;
3. Robert Uittaker;
4. Islom Maxachev;
5. Maks Hollouey.

Qayd etish joiz, Aleks Pereyra UFC 300 va UFC 303 turnirlarida ishtirok etdi. Har ikkala musobaqada ham u oqshomning asosiy jangida qatnashdi va g‘alaba qozondi. UFC 300 musobaqasida braziliyalik sportchi yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempion amerikalik Jamal Xillni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan bo‘lsa, UFC 303 musobaqasida esa Aleks mashhur chexiyalik jangchi Irji Proxazkani ikkinchi raundda nokautga uchratdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
50
0
xs.uz

Murodjon quvib, Inoue qochib charchamayapti — Eddi Xirn. Taniqli promouter yaponiyalik bokschini kamaridan mahrum qilishni talab qilmoqda

'Matchroom Boxing' promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn WBA rahbarlari yaponiyalik jahon chempionidan kamarini olib qoʻyishi shartligini taʼkidladi. Bu haqida 'Boxing News' nashri xabar bergan.Britaniyalik promouterning soʻzlariga koʻra, ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boʻlib turgan Naoya Inoue WBA kamari uchun majburiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang oʻtkazishdan ochiqchasiga qochmoqda.'Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevdan qochyapti. Uni bir emas, i

31 Jan 15:22
 
25
0
xs.uz

Nodirbek Yakubboyev hind shaxmatchisidan uzr soʻradi

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev hindistonlik raqibasi Rameshbabu Vaishali bilan oʻyin oldidan qoʻl berib koʻrishmagani uchun uning oldiga borib uzr soʻradi. Bu haqda sportchi oʻzining 'X' tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qilgan.Hindistonlik shaxmatchi sportchimiz oʻzining qarashlari haqida Qatardagi oʻyinlarda ham unga aytganini, vaziyatni toʻgʻri qabul qilgani va Nodirbek oʻzini bu uchun yomon his qilishi shart emasligini bildirdi.Maʼlumot uchun, Niderlandiyada boʻlib

31 Jan 15:22
 
29
0
xs.uz

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjali

27 Jan 00:54
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar berdi. Sloveniyalik murabbiy sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli terma jamoani boshqarishdagi vazifalarini toʻlaqonli bajara olmasligini bildirib, shartnomani oʻzaro rozilik asosida bekor qilishga qaror qildi.Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini a