calendar 06 Jul 17:24
eye 107
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shushada TDT davlat rahbarlarining norasmiy sammiti boshlandi

image

Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) davlat rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy darajadagi norasmiy uchrashuvda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, shuningdek, Turkiyadan o‘zga hech bir mamlakat tomonidan tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi rahbari (tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega) Ersin Tatar, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban qatnashmoqda.

Ma’lumot uchun, TDT norasmiy sammitining mavzusi “transport aloqalari va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash orqali barqaror kelajakni qurish” bo‘ladi.

O‘rta yo‘lak va boshqa transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, Ozarbayjon 11-22 noyabr kunlari qabul qiladigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha asosiy konvensiyasi (COP 29) tomonlarining 29-konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuv TDT doirasida va Qorabog‘ deklaratsiyasi loyihalari bo‘yicha bir qator qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi nazarda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni Turkiy Davlatlar Tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo

21 Apr 08:34
 
323
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

18 Apr 11:08
 
45
0
xs.uz

AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc

16 Apr 09:12
 
30
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit