calendar 06 Jul 16:30
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent aeroporti yaqinidagi oshxonada yong‘in bo‘ldi

image

Bugun, 6 iyul kuni Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish zali yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti vokzal oldi maydonida yangi kafeda yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan.

Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
32
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimi o‘rinbosari MCHJ rahbari “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yo‘llagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt o‘tgandan keyin ko‘rib chiqqani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari va qaror qabul qilish tartibi tasd

27 Jul 14:51
 
51
0
qalampir.uz

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Joriy yilning 25 iyul kuni OTMlarga imtihon topshirish yakunlanib,  endilikda Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi.  Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024 yil 27 iyuldan 10 avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun

11 Jul 23:27
 
140
0
xs.uz

Vodiy viloyatlari boʻylab harakatlanuvchi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlari chipta narxi oʻzgaradi

Qayd etilishicha, yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 25-iyul sanasidan Qoʻqon'Namangan'Andijon'Margʻilon'Qoʻqon yoʻnalishidagi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar chipta narxiga oʻzgartirishlar kiritiladi.Shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda harakatlanuvchi barcha shaharlararo yoʻlovchi poyezdlari yoʻlovchilari elektron toʻlov tizimi (ATTO) orqali toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.

27 Jul 16:45
 
61
0
xs.uz

AQSHda 38 yoshli oʻzbekistonlik ayanchli YTH tufayli vafot etdi

Qayd etilishicha, Jamoliddin Tohirov 18 gʻildirakli 2022 Freightliner rusumli furani haydab ketayotib, nomaʼlum sabablarga koʻra ichki beton toʻsiqqa urilgan. Shundan soʻng qarama-qarshi yoʻnalishdagi barcha yoʻlaklardan oʻtib, tashqi himoya panjarasini ham yorib oʻtgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Uning jasadi mashina tashqarisidan topilgan. Taxminlarga koʻra, haydovchi oynadan otilib ketgan.Maʼlumot uchun, marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan. Halokat yuzasida