calendar 05 Jul 20:26
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qo‘lbola usulda qadoqlab, tarqatgan jinoiy guruh ushlandi 

image

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan dala hovlida katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1997 va 2003 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs Bo‘stonliq tumani hududidagi dala hovlida tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qo‘lbola usulda qadoqlash bilan shug‘ullanib kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda manzildan 13 kg 500 gramm (45 ming dona) “Pregabalin” hamda 20 litr (2 ming dona) “Tropikamid” moddalari, shuningdek 60 ming dona atrofida “Tropikamid” va “Pregabalin” dori vositalarining bo‘sh kapsula hamda flakonlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, tadbir davomida qora dorilarni yetkazib beruvchi 1998 va 1993 yillarda tug‘ilgan ikki nafar kurerlar Nexia 3 rusumli avtomashinada Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida ketayotgan vaqtida ushlangan. Haydovchining yonidan 10 dona “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilgan.

Bildirilishicha, ushlangan shaxslar Telegram messenjerida tashkil etilgan kanalda “dori vositalarini qadoqlovchi” va “yetkazib beruvchi” sifatida ishlayotgani ma’lum bo‘lgan.

“O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan 4 nafar shaxsdan 3 mlrd 300 mln so‘mlik jami 13 kg 500 gramm (45 ming dona) “Pregabalin” va 20 litr (2 ming dona) “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi. Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 251 prim 1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabar so‘ngida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda giyohvand moddalarni yashirincha olib o‘tayotgan yuk mashinasi aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
47
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos ' doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.Oʻzbekiston va Rossiya oʻrta

22 Jul 18:49
 
43
0
xs.uz

Prezidentga sport va olimpiya harakati rivoji boʻyicha axborot berildi

Bugun, 22-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida mamlakatimizda sport keng rivojlantirilmoqda. Buning uchun stadionlar, mashgʻulot zallari, 'workout' maydonchalari, yugurish yoʻlaklari, sport maktablari va majmualaridan iborat ulkan infratuzilma bor.Mahallalardagi sogʻ

17 Jul 12:42
 
86
0
xs.uz

Yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish joriy qilinadi

Jamoat transporti tizimidagi oʻzgarishlarni tizimli davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.Transport vazirligiga yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy qilish topshirildi.Shuningdek, 1 mingta avtobus olib kelish rejasini toʻliq bajarib, hududlarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.Jamoat transportida elektron toʻlov tizimini toʻliq joriy qilib, uni ommalashtirish Transport vazirligining ustuvor vazifalaridan biri boʻladi.

11 Jul 10:51
 
72
0
qalampir.uz

Toshkentda erkak 3 yashar bolani pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent shahrida 31 yoshli erkak o‘zi bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tug‘ilgan 3 yashar o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Voqea 9 iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 1993 yilda tug‘ilgan erkak, ushbu manzilda qonuniy nikohdan