calendar 05 Jul 17:52
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qorachay-Cherkes respublikasida ham hijob kiyish vaqtinchalik taqiqlandi

image

Kecha, 4 iyul kunidan boshlab Rossiya tarkibiga kiruvchi Qorachay-Cherkes respublikasida ham hijob va yuzni to‘sib turuvchi niqob kiyish vaqtinchalik taqiqlandi. Bu haqda respublika muftiyati xabar berdi.

Qorachay-Cherkes respublikasining musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi raisi, Rossiya Prezidenti huzuridagi diniy birlashmalar bilan hamkorlik kengashi a’zosi Ismoil Berdiyev tomonidan tasdiqlangan ushbu qarorga Dog‘iston muftiyati mamlakatda niqob kiyishni vaqtincha taqiqlashi ortidan imzo chekildi. O‘shanda Dog‘iston rahbari Sergey Melikov ham niqob kiyishga qarshi chiqib, bu kiyim Kavkaz xalqlariga xos emasligini aytgan.

“Diniy boshqarma aniqlangan tahdidlar bartaraf etilmagunicha va yangi diniy xulosa chiqarilgunga qadar Rossiyadagi zamonaviy sharoitda niqob kiyish taqiqlangan, deb hisoblaydi”, deyilgan Berdiyev imzolagan qarorda.

Niqob kiyishni taqiqlash masalasi joriy yilning 23 iyun kuni Maxachqal’a va Darbandda qurolli odamlar tomonidan otishma boshlanganidan keyin yuzaga kelgan.  

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, yuzni to‘sib turuvchi kiyimlarni kiyganlik uchun jarima belgilandi.

Qonun bilan jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgan shaxsga nisbatan BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilandi. Shuningdek, ushbu holatda tibbiy ruxsatnoma mavjudligi, xodimning ishi ushbu vaziyatni taqozo etishi kabi ba’zi istisnolar ham mavjud.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 18:30
 
107
0
qalampir.uz

Merkel ketganidan keyin Germaniyadagi sharoit yomonlashdi – so‘rovnoma 

Germaniyalik saylovchilarning aksariyati Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimidan ketganidan keyin mamlakatdagi vaziyat yomonlashgan, deb hisoblaydi. Bu haqda YouGov jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan Merkelning 70 yilligiga bag‘ishlangan so‘rovnoma natijalarida so‘z boradi.    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning 61 foizi Angela Merkel boshqaruvi tugaganidan keyin Germaniyada turmush sharoiti yomonlashgan, deb hisoblaydi. So‘rovnomada ishti

11 Jul 22:21
 
104
0
qalampir.uz

Fransiyadagi 900 yillik Ruan soboriga o‘t ketdi (video)

Bugun, 11 iyul kuni Fransiyaning shimoliy qismidagi Ruan shahrida joylashgan XII asrga oid Ruan soborida yong‘in chiqdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi. Shahar ma’muriyatiga ko‘ra, yong‘in 120 metr balandlikda, restavratsiya ishlari olib borilayotgan shpil ustida boshlangan. Binodagi odamlar evakuatsiya qilingan, sobor atrofi o‘rab olingan. Yong‘inni o‘chirishga 74 nafar odam va 40 ta texnika jalb qilingan. “Yong‘inni birinchi bo‘lib ishchilar p

19 Jul 08:35
 
60
0
xs.uz

Putinning yashirin qalʼasi, oxiri koʻrinmayotgan urush va yadro kelishuvi (+video)

Rossiya'Ukraina nizosiRossiya'Ukraina urushining 874 kungi tafsilotlariga toʻxtalamiz. Ukraina poytaxti Kiyevda havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning uchuvchisiz uchogʻini urib tushirgach, bir qancha portlashlar roʻy bergan.Ukraina janubidagi Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson shahriga Ukraina tomonidan oʻqqa tutilishi va dron hujumi oqibatida kamida bir kishi halok boʻlib, sakkiz kishi yaralandi.Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyati rasmiylari Ukraina uchuvchisi

29 Jul 15:08
 
69
0
qalampir.uz

Qozog‘iston Rossiyadan bug‘doy importiga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi

Qozog‘iston hukumati bug‘doy va nasldor chorva mollarini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni 2024 yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bunday qaror tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida qabul qilindi. Dastlab 2024 yil 12 aprelda kiritilgan taqiq olti oy davom etishi kerak edi. Biroq Rossiyaning chegaradosh viloyatlaridan bug‘doyni noqonuniy olib kirish va keyinchalik uni qayta eksport qilish xavfi davom