calendar 05 Jul 16:57
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkiya terma jamoasi g‘alabani nishonlash uchun 300 ta kabob buyurtma qildi

image

Turkiya terma jamoasi xodimlari Yevro-2024 chorak finaliga chiqqani sharafiga milliy terma jamoa futbolchilari hamda xodimlari uchun 300 dona kabob buyurtma qildi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kabob yeyishga taklif qilingan guruh xodimlari 150 kishidan iborat bo‘lib, xavfsizlik xodimlari, politsiya va mehmonxona xodimlaridan iborat. 

Qayd etilishicha, futbolchilardan biri birdaniga uchta kabob yegan, biroq uning ismi oshkor etilmagan.

2024 yilgi Yevropa chempionati 1/4 final bosqichida Turkiya terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. O‘yin 6 iyul kuni Berlindagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevro-2024 1/8 finalida Turkiya terma jamoasi Avstriyani 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) turkiyalik himoyachi Merih Demiralni Yevropa chempionatining ikkita o‘yiniga diskvalifikatsiya qilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
28
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess 2025”da yetakchilikni yoʻqotdi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha anʼanaviy 'Tata Steel Chess 2025' turniri qizgʻin davom etmoqda. Musobaqaning 7-tur bellashuvlari muxlislarga shiddatli oʻyinlarni taqdim etdi.'Masters' guruhida peshqadamlik qilayotgan oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Niderlandiya shaxmatining yetakchi vakili Anish Giri bilan durang oʻynadi.Bu natija Abdusattorovning umumiy hisobda ochko yoʻqotishiga olib keldi. Hindistonlik yosh isteʼdodli shaxmatch

31 Jan 15:22
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjali

27 Jan 00:54
 
23
0
xs.uz

Rasman “Man Siti” klubi Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi. Futbolchi “Lans”ga xayrlashuv maktubini qoldirdi

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov rasman 'Manchester Siti' futbolchisiga aylandi. Tanishtiruv videosi klubning rasmiy sahifasida paydo boʻlgan.Shuningdek, 'shaharliklar' klubi rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ushbu transferini tasdiqladi.Transfer qiymati bonuslar bilan birga 50 million yevroni tashkil qiladi. Shartnoma yana bir yil uzaytirish imkoniyati bilan 2029-yilga qadar imzolangan. 20 yoshli himoyachimiz yangi klubi safida 45-raqamda toʻp suradi.Taxminlarga koʻra, Husano

31 Jan 15:22
 
30
0
xs.uz

Shahram Gʻiyosov birdaniga ikki kamar uchun jang oʻtkazadi

Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Shahram Gʻiyosov yarim oʻrta vazn toifasida WBA chempioni Eymantas Stanyonis va IBF chempioni Jeyron Ennis oʻrtasida 12-aprel kuni oʻtkaziladigan birlashtiruvchi jangga oʻz roziligini berdi. U ushbu jangda gʻolib boʻladigan sportchi bilan keyinchalik ringda kuch sinash shartlari asosida bunday qarorga kelgan.'The Ring' nashrining xabar berishicha, WBA qoidalariga muvofiq, yarim oʻrta vazn WBA chempioni Stanyonisga IBF chempioni Ennisga qarshi jang oʻtkazi