calendar 04 Jul 20:42
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukrainaga qilingan dron hujumi oqibatida 6 ming kishi elektrsiz qoldi

image

Bugun, 4 iyul kuni yarim tunda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga Shahed tipidagi dronlar bilan hujum qildi. Oqibatda mamlakat aholisining 6000 nafari elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Nikolay Oleshchuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Dronlardan biri Chernigov viloyatidagi infratuzilma ob’ektiga urilgan. Keltirilishicha, Kursk viloyatidan uchirilgan 22 ta kamikadze dronlarining  21 tasi Kiyev, Dnepropetrovsk, Jitomir, Poltava, Sumi va Chernigov viloyatlarida urib tushirilgan.  

“Kechasi Kiyevga hujum qilishga uringan Shahed-131/136 turidagi barcha dronlar havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilindi”, deya yozgan Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevda qurbonlar va vayronalar yo‘q. Biroq ko‘plab xonadonlar butunlay elektr ta’minotidan ajralgan. 

Chernigov viloyati rasmiylari, o‘z navbatida, Rossiyaning Shahed dronlaridan biri mahalliy infratuzilma ob’ektiga borib urilganini ma’lum qilgan. 

“Ayni paytda 5963 nafar iste’molchi elektr ta’minotisiz qolmoqda”, deb yozgan viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Vyacheslav Chaus ham Telegram sahifasida. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqadagi havo hujumi besh soatdan ortiq davom etgan.

Jitomir viloyatida urib tushirilgan dron qoldiqlari yerga tushishi oqibatida aholi uylaridan biri yonib ketgan. Oqibatda bir ayol jabrlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qilgandi. Shuningdek, Xitoy Rossiya uchun yangi dron modelini tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 11:02
 
49
0
qalampir.uz

Harris frontiga tez orada Obama ham qo‘shiladi

AQSH sobiq prezidenti Barak Obama tez orada vitse-prezident Kamola Harrisni Demokratik partiyadan 2024 yilgi prezidentlikka nomzod sifatida ma’qullamoqchi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni “NBC News” xabar berdi. Ikki siyosatchining aloqalaridan xabardor bo‘lgan odamlarga tayangan holda, nashr Obama shaxsiy tarzda Harris nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlagani va u bilan muntazam aloqada bo‘lib kelganini yozmoqda. Ammo Obama jamg‘armasi "Reuters"ning mazkur jarayon

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

17 Jul 15:27
 
84
0
xs.uz

Makron Attalning isteʼfosini qabul qildi

Seshanba kuni Yelisey saroyining bayonotida aytilishicha, u yangi hukumat tayinlanguncha faoliyat yuritadi. Attalning muvaqqat hukumati joriy ishlarni boshqarib turadi. Bundan tashqari, u 26-iyulda boshlanadigan Olimpiya oʻyinlarini nazorat qiladi.Muvaqqat hukumat yangi qonunlarni parlamentga taqdim eta olmaydi yoki katta oʻzgarishlar kirita olmaydi.Fransiyada avval ham muvaqqat hukumatlar boʻlgan, ammo hech biri bir necha kundan ortiq qolmagan. Amaldagi hukumat qancha muddat qolishi mumkinli

26 Jul 10:19
 
27
0
qalampir.uz

Eronning sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga nisbatan joriy yilning 15 iyul kuni suiqasd uyushtirilgani va u muvaffaqiyatsiz tugagani haqida xabarlar ochiqlandi. Bu haqda “Iran International” ma’lum qildi. Shu kuni kechqurun Ahmadinajod va uning hamrohlari Muharram diniy motam marosimi uchun Zanjon shahriga yo‘l olgan. Sobiq prezidentning bosh xavfsizlik xodimi Ahmadinajodning asosiy avtomobili – Toyota Land Cruiser'ni ko‘zdan kechirgan va hali ham ishlamay qolga