calendar 04 Jul 20:02
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Daromadi 5 mln so‘mdan ko‘p fuqarolar uchun 200 kVt norma qo‘llanmasligi kerak – Alisher Qodirov 

image

Daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan fuqarolar uchun elektr narxidagi 200 kVt norma qo‘llanmasligi kerak. Bunday taklifni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov bildirdi.

“Odatda oyiga 300-400 ming so‘mdan oshmaydigan elektr uchun to‘lovim 800 ming so‘mdan oshdi, xursand emasman, lekin bu men ishlatgan energiya va uning haqini men to‘lashim kerak”, deydi Qodirov. 

Uning aytishicha, rostdan ham ko‘makka muhtoj bo‘lgan aholi qo‘llab-quvvatlanishi kerak, biroq hamma emas. 

“Masalan, daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan fuqarolar uchun elektr narxidagi 200 kVt norma qo‘llanilmasin”, deydi deputat.

U energetika sohasida bozor munosabatlari bo‘lishi shartligi, daromadsiz energetika iqtisodiyotga yuk bo‘lishini ta’kidladi.  

“Tizim ta’mirtalab ekanligi uchun ta’minot sifatsiz bo‘lyapti va iste’molchilarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Lekin muntazam ta’mirlash uchun muntazam daromad bo‘lishi kerak. Daromad ko‘rmasa, tizim qachon o‘zgaradi! Davlat byudjeti chegarasiz emas”, deb yozadi Alisher Qodirov. 

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, energo resurslarni qiymatidan ikki karra arzonga sotilishi mamlakat iqtisodiyotini, pirovardida xalq turmushini yomonlashishiga sabab bo‘lyapti. 

“Meni xalqim turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilishim uchun saylagan, arzon resurslar undirib berish uchun emas, grajdanin Kolya! Ishonaman, sen vatanparvarlar partiyasini saylovlardagi muvaffaqiyatiga hissangni qo‘shasan. Daromadidan ijtimoiy ko‘mak beroladigan tarmoqlar yaratishimiz kerak, yordam berish uchun daromadidan kechadigan tarmoqlar emas. Ertaga yaxshi bo‘lishi uchun bugun qiynalamiz, boshqa yo‘li yo‘q”, deydi Qodirov.

Deputatning aytishicha, 1 kilovatt elektr energiyaning tannarxi 990 so‘m bo‘lib, 200 kilovattgacha 450 so‘mdan, 1000 kilovattgacha 900 so‘mdan sotilishi yordam sifatida qabul qilinishi kerak, talab emas. 

Qayd etish joizki, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Instagram’da “O‘zbekenergo 200 kvt limitni bekor qilinglar!” xeshtegi ostida chellenj davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 200 kVt/soat elektr energiyasi bir oyga yetmayotganidan shikoyat qilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
58
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg

21 Apr 08:34
 
21
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish

15 Apr 07:06
 
43
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i