calendar 04 Jul 19:33
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

SHHT Bosh kotibi o‘zgardi

image

Bugun, 4 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Nurlan Ermekbayevni 2025-2027 yillarga SHHT Bosh kotibi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiylari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nurlan Ermekbayev 2022 yil 1 yanvardan SHHT Bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Xitoy vakili Chjan Min o‘rniga 2025 yil 1 yanvardan boshlab tashkilotni rotatsiya asosida boshqaradi. Ayni paytda Ermekbayev SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimini egallab turibdi.

Nurlan Ermekboyev 1963 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan. Qozoq, rus, ingliz va xitoy tillarini biladi. Tahsilni Moskvadagi SSSR Mudofaa vazirligining Qizil bayroq ordeni harbiy institutida olgan.

Ermekbayev faoliyati davomida Qozog‘istonning Xitoydagi elchixonasi maslahatchisi, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi kabi turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, u Xavfsizlik kengashi kotibi hamda Qozog‘iston Mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

04 Jun 02:45
 
136
0
xs.uz

Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar

08 Jun 02:27
 
27
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi