Ukraina rahbari idorasi Prezident Vladimir Zelenskiyning amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda Ukraina Prezidentining matbuot kotibi Sergey Nikiforov Facebook'dagi sahifasida yozdi.
“Janob Taker Karlson FXXdagi manbalarini diqqat bilan tekshirishi kerak. Ukraina Prezidentining jadvali butunlay boshqacha, Taker Karlson esa u yerda yo‘q”, deydi Nikiforov.
Ma’lumot uchun, 9 fevral kuni Taker Karlson Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan intervyu e’lon qilgan. Suhbat Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar, Ukrainadagi mojaro, shuningdek, Rossiya tomoni va NATO o‘rtasidagi aloqalarga bag‘ishlandi.
Jurnalistning tushuntirishicha, amerikaliklar Rossiya va Ukrainada nimalar bo‘layotganidan bexabar ekani sabab u Rossiya Prezidenti bilan intervyu qilishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Taker Karlson Vladimir Zelenskiy suhbatga rozi bo‘lganini e’lon qilgandi. Uning ta’kidlashicha, uning jamoasi Ukrainadagi jangovar harakatlar boshidanoq ikki yil davomida bu suhbatga erishishga harakat qilgan.