calendar 04 Jul 15:47
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etdi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 iyul kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Eron Islom Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Muhammad Muxbir, Xitoy rahbari Si Szinpin, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, shuningdek, SHHT Bosh kotibi Chjan Min va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev qatnashdi.

Majlisda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan. SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

“Bunday murakkab vaziyatda SHHTning asosi bo‘lgan tamoyillarga sodiqligimizni saqlash va yanada mustahkamlash favqulodda muhimdir. Ana shu tamoyillar tufayli Tashkilot bugungi yutuqlarga erishdi, xalqaro masalalarda yuksak nufuz va barqarorlashtiruvchi o‘ringa ega bo‘ldi. Biz “SHHT oilasi” jipsligini kuchaytirishimiz, birgalikda rivojlanish tamoyilini hayotga izchil tatbiq etib, ochilayotgan yangi imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz zarur”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari, shuningdek, SHHT mamlakatlarining iqtisodiy salohiyatini samarali rivojlantirishga xizmat qiladigan “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlarida inklyuziv transport tizimini shakllantirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

“Transport yo‘laklari ko‘p variantli bo‘lishi – bu butun mintaqamiz barqaror rivojlanishining eng muhim shartidir”, dedi Prezident.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatga alohida to‘xtaldi.

So‘zining yakunida Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpinni Xitoy Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik missiyasini qabul qilgani bilan tabrikladi. Yig‘ilish yakunida Ostona deklaratsiyasi va hamkorlikning turli sohalarida sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostonaga yetib borgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 19:12
 
78
0
qalampir.uz

Obama va rafiqasi saylovda Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi (video)

Oq uyning sobiq rahbari, AQSHning 44-prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel Obama bilan birgalikda joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda demokrat, vitse-prezident Kamola Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. Sobiq prezident hamda Mishel Obama ushbu xabarni yetkazish uchun Harrisga qo‘ng‘iroq qilgan. Telefondagi suhbat aks etgan video vitse-prezident Harrisning s

24 Aug 17:27
 
9
0
xs.uz

Lukashenkoning MDH davlatlariga shikoyatlari va Kurskdagi magʻlubiyat (+video)

Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga chaqirildiBelarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 'Rossiya' telekanaliga bergan intervyusidan soʻng Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Belarus elchisi Pavel Utyupinni idoraga chaqirgan.Lukashenko, jumladan, oʻz intervyusida sobiq ittifoq respublikalari ittifoqchilik munosabatlariga qaramay, birdamlik koʻrsatmayotgani va oʻzaro yordam koʻrsatmayotganini aytib, ikki yil avval KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirok etgan Qozogʻistondagi miti

10 Jul 17:54
 
41
0
qalampir.uz

Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi oqibatida 29 kishi qurbon bo‘ldi (video)

Falastinliklar yashiringan Xon Yunusdagi maktabga Isroil hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Isroil armiyasi oxirgi 24 soat ichida oltita ommaviy qotillik sodir etgan, oqibatda 60 nafar falastinlik halok bo‘lgan. “Bu genotsid 10 oydan beri bosqinchi armiya Falastin xalqiga qarshi amalga oshirayotgan jinoyatning davomidir. Biz tinch aholiga nisbatan bu dahshatli qirg

17 Jul 19:35
 
108
0
xs.uz

Rossiyada oʻzbekistonlik muhojirlar fast-fuddan zaharlandi

Moskva Tergov qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea joriy yilning 15-iyul kuni Moskva viloyati Dmitrovskoye shossedagi yotoqxonalardan birida yuz bergan. Jabrlanganlarning yetti nafari kasalxonaga yetkazilgan, qolganlarga shifokorlar voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatgan.'Ayni paytda Tergov qoʻmitasi va Rospotrebnadzor xodimlari yotoqxonada, shuningdek, lavash sotadigan yaqin atrofdagi savdo rastalarida tekshiruv oʻtkazmoqda. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonid