Кун қаҳрамони
Шофиркон тумани ИИБ ходимлари айни кунларда ўтказлаётган “Қорадори–2024” тезкор профилактик тадбирида фаол қатнашмоқда. Тадбирлар давомида гиёҳванд моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга доир бир қатор жиноий ҳолатларга чек қўйилди.
Яқинда “Мазлахон Чандир” маҳалла фуқаролар йиғини профилактика катта инспектори, майор Фаррух Иргашев шу ҳудудда яшовчи Қ.Б.нинг томорқа ерида 34 туп каннабис гиёҳвандлик ўсимлигини етиштирганлигини аниқлади. Шунингдек, унинг яшаш хонадони кўздан кечирилганда, 435 грамм марихуана гиёҳвандлик воситаси чиқди.
Майор Фаррух Иргашев икки йилдан бери маҳалла фаоллари билан оғзи бирликда ишлаб келяпти. Уларнинг хонадонма-хонадон юриб, олиб бораётган тарғиботу ташвиқот, профилактик ишлари натижасида маҳалла “яшил” тоифада. Маҳалланинг 1130 тадан ортиқ оиласи ишли, касб-корли. Қолаверса, деҳқончилик ва чорвачилик борасида қўшни маҳаллаликларни ортда қолдиришади. Бу ишларда лавҳамиз қаҳрамонининг хизмати катта. Унинг хизматидан эса аҳоли миннатдор.
Мирзоқул АҲАДОВ,
ўз мухбиримиз.
Бухоро вилояти.
Qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yoʻlovchiga koʻpaygan. Shu tariqa, oʻsish surati 101,8 foizni tashkil qildi.Qayd etish joizki, temiryoʻl transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni soʻnggi 4-yilda muntazam oshib borganligini koʻrish mumkin.Jumladan, 2020-yilda 6 million 155,3 ming, 2021-yilda 7 million 949,4 ming, 2022-yilda 9 million, 2023-yilda 9 million 626,5 ming nafar yoʻlovchi manziliga yetib olish maqsadida temir y
Dollar kursi yana osha boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,13 soʻmga'oshib,'12 897,20 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'48,68 soʻmga'koʻtarilib,'13 449,20 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,81 soʻmga'tushdi va'144,65 soʻmni'tashkil qildi.
Toshkentda biznes-forum boshlandi
Biznes-forum doirasida O'zbekiston va Polshaning investitsiyaviy salohiyati, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kimyo sanoati va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
“Gohi shodlik, gohi gʻam”: Xorijiy valyutalar yoppasiga pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 24-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,87 soʻmga pasayib, 12 979,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,78 soʻmga tushib, 13 513,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,64 soʻmga pasaydi va 131,22 soʻmni tashkil qildi.Qayd etish kerakki, soʻnggi uch kunda barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbati ortib borayotgan edi.