calendar 04 Jul 11:40
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonlik velosportchilar “Giro d'Italia” poygasida ishtirok etadi

image

Joriy yilning 7-14 iyul kunlari Italiyada velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida elita toifasidagi Jahon seriyasiga kiruvchi  “Giro d'Italia” ko‘p kunlik musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Jahonning eng nufuzli velopoygalari qatorida turuvchi turnirda ilk bora O‘zbekistonning “Tashkent City Womens Professional Cycling Team” jamoasi ham ishtirok etadi. 

Bu musobaqa o‘zbekistonlik velosportchilar uchun Parij-2024 Olimpiadasi hamda “Tour de France Femmes” ko‘p kunlik poygasi oldidan o‘ziga xos tajriba vazifasini o‘tab beradi.

Jamoa tarkibi:

Olga Zabelinskaya;
Yanina Kuskova;
Margarita Misyurina;
Nafosat Koziyeva;
Madina Qahhorova;
Anna Kuskova;
Mohinabonu Elmurodova.

Ma’lumot uchun, poyga jami 858,7 km masofani o‘z ichiga olgan 8 ta bosqichdan iborat bo‘ladi. 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan ilk bosqichda sportchilar Breshiya shahri atrofidagi 15,7 km masofada bahs olib boradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
71
0
qalampir.uz

Mbappe bolaligida to‘p tepgan klubni sotib olmoqchi

Mbappening oilasi Kilian bolaligida o‘ynagan “Kan” klubini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Mbappening butun oilaviy biznesini uning onasi Faiza Lamari boshqaradi, u ayni paytda “Real Madrid” a’zosiga aylangan futbolchining agenti hisoblanadi. Hozirda Mbappelar oilasi “Kan” aksiyalarining nazorat paketini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. O‘tgan mavsumni Fransi

11 Jul 15:12
 
150
0
xs.uz

Rustam Qosimjonov “Rustam Qosimjonov kubogi”da kuchli uchlikka ham kira olmadi

Toshkentda 8-9-iyul kunlari 'Rustam Qosimjonov kubogi ' 2024' musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Musobaqaning vaqt nazorati 'Rapid 15+10' shaklida boʻlib, Nodirbek Abdusattorov 6.5 ochko bilan gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrinni Javohir Sindorov 6 ochko bilan, uchinchi oʻrinni esa eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodloo 5.5 ochko bilan qoʻlga kiritdi. Rustam Qosimjonov esa oʻzining nomi bilan atalgan turnirda atigi 5.5 ochko bila

17 Jul 09:56
 
106
0
qalampir.uz

Mbappe “Real” futbolchisi sifatida tanishtirildi

Bugun, 16 iyul kuni fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Kilian Mbappening “Real”dagi rasmiy taqdimoti jamoa uy stadioni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tdi. 25 yoshli futbolchi qaymoqranglilar safida 9-raqam ostida to‘p tepadi.  Hujumchining klubdagi maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi gollari soni va ko‘rsatgan sermahsul

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Humoyun To‘xtamurodovning jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov navbatdagi jangini 27 iyul kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. O‘sha kuni 25 yoshli To‘xtamurodov Naiza 64 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga qozog‘istonlik Andrey Mixaylov raqiblik qiladi. O‘zbekiston vakilining jangi prelim karddan o‘rin olgan. Turnirning asosiy kardida 2 ta jang bo‘lib o‘tadi. Prelim kardda To‘xtamurodovning jangidan