calendar 02 Jul 10:58
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentdagi ko‘chada bir erkakning jasadi topildi

image

Bugun, 1 iyul kuni Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida noma’lum erkakning jasadi tan jarohatlari bilan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 06:03 larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga 102 maxsus raqami orqali tushgan xabarga ko‘ra, Bektemir tumani, Bektemir mahallasi, Oltintopgan ko‘chasi, 4-uy qarshisida gazon ustida noma’lum erkak kishining jasadi qonga belangan holda yotgan. Holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi va tuman rasmiylari yetib borgan. 

O‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida jasad Samarqand shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli ekani aniqlangan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, murdaning ikkala qo‘lining bilak qismlarida, bo‘yin qismida hamda chap oyog‘i son qismida kesilgan jarohatlari aniqlanib, ushbu tan-jarohatlarni o‘ziga o‘zi yetkazgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoldan xoli emasligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan. Voqea joyida olib borilgan surishtiruv ishlari davomida jasad yotgan joydan 1 dona lezviya qon dog‘lari bilan topilib, rasmiylashtirib olingan.

Voqea sodir etilgan joy va atrofidagi videokuzatuv moslamalari o‘rganib chiqilgan. Shundan so‘ng, 2001 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha Bektemir tumanida yashovchi Nexia haydovchisi bilan olib borilgan suhbat davomida, marhum spirtli ichimlik iste’mol qilgani hamda o‘z joniga qasd qilmoqchi ekanini aytgani, so‘ng o‘ziga o‘zi lezviyada tan jarohati yetkazgani aytdi. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u avtomashina qon bo‘lgani sababli yo‘lovchini tushirib yuborgan.

Bildirilishicha, marhum to‘g‘risida uning yaqin aloqalari, yashash manzili va faoliyat turini aniqlash maqsadida tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 11:24
 
73
0
qalampir.uz

Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd so‘m ajratdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd so‘mga yaqin pul ajratgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimning matbuot kotibi Behzod Qobulov vaziyatga izoh berdi. Qobulovga ko‘ra, mazkur mablag‘lar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi” x

26 Jul 16:11
 
68
0
qalampir.uz

Deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilandi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi. Saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi. Ya’ni, saylanadigan har besh nafar nomzodning 2 nafari ayol kishi bo‘lishi kerak. Shuningdek, deputatlikk

20 Jul 17:14
 
53
0
xs.uz

Siyosiy qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha komissiya tashkil etiladi

Qarorga koʻra, 2021'2024-yillar davomida Oliy sud tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatagʻon qurbonlarining nomlari oqlangan.Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.Har yili oktyabr oyining birinchi haftasi Oʻzbekistonda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.Xalqimizning mustaqillikka eri

27 Jul 16:45
 
53
0
xs.uz

AQSHda 38 yoshli oʻzbekistonlik ayanchli YTH tufayli vafot etdi

Qayd etilishicha, Jamoliddin Tohirov 18 gʻildirakli 2022 Freightliner rusumli furani haydab ketayotib, nomaʼlum sabablarga koʻra ichki beton toʻsiqqa urilgan. Shundan soʻng qarama-qarshi yoʻnalishdagi barcha yoʻlaklardan oʻtib, tashqi himoya panjarasini ham yorib oʻtgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Uning jasadi mashina tashqarisidan topilgan. Taxminlarga koʻra, haydovchi oynadan otilib ketgan.Maʼlumot uchun, marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan. Halokat yuzasida