calendar 02 Jul 09:20
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil HAMAS armiyasini yo‘q qilishni yakunlash arafasida – Netanyaxu

image

Isroil armiyasi HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy tuzilmasini yo‘q qilish ishlarini yakunlash arafasida, uning qoldiqlariga qarshi zarbalar davom etadi. Bu haqda yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

“Kecha men G‘azo armiyasi diviziyasi joylashgan joyga safardan qaytdim, u yerda Rafahda olib borilayotgan janglarda juda katta yutuqlarga guvoh bo‘ldim. Biz HAMAS armiyasini yo‘q qilish bosqichini yakunlash arafasidamiz, uning qoldiqlariga zarbalar davom etadi”, deydi u Isroil mudofaa kuchlari Milliy xavfsizlik kolleji talabalari bilan uchrashuvda.

Netanyaxuning qayd etishicha, harbiylar bilan muloqotdan so‘ng u qo‘mondonlarining jangovar ruhiga qoyil qolgan.

“Bu fikr bilan biz barcha maqsadlarimizga – o‘g‘irlanganlarni qaytarish, HAMASning harbiy va boshqaruv imkoniyatlarini yo‘q qilish, G‘azoning Isroilga xavf tug‘dirmasligini ta’minlash, janub va shimoldagi jamoalarimiz aholisini uylariga xavfsiz tarzda qaytarishga erishamiz", deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.

O‘z navbatida, Netanyaxu idorasi maslahatchisi Dmitriy Gendelman bir vaqtning o‘zida "G‘azodagi shiddatli harbiy amaliyotlar bosqichi o‘z yakuniga yaqinlashayotganini", shundan so‘ng Isroil qo‘shinlari anklavdagi harbiy amaliyotlarning yangi bosqichini boshlashini aytdi.

“Tez orada SAXAL keyingi bosqichga o‘tadi, har qanday holatda ham, urushning maqsadlari o‘zgarishsiz qoladi: o‘g‘irlab ketilgan barcha 120 isroillikni qaytarish, HAMAS kuchini yo‘q qilish, G‘azo sektorini demilitarizatsiya qilish, janubiy va shimoldagi uylaridan yashash joylariga qochib ketgan barcha fuqarolarni qaytarish”, deb yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib tamiz, Netanyaxu oldinroq ham G‘azo sektorida Isroil va HAMAS harakati orasidagi faol kurash bosqichi tez orada tugashini aytgandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa Isroilni Livanga qarshi urushni kengaytirayotganlikda aybladi.“Bild” gazetasi diplomatik doiralardagi manbalariga tayanib, Isroil iyul oyining ikkinchi yarmida Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkinligi haqida yozdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
54
0
qalampir.uz

Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda

Germaniya hukumati o‘z harbiylarini 2029 yilgacha Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga tayyorlamoqchi. Bu haqda kecha, 12 iyul kuni “Bild” nashri xabar berdi. Germaniya Mudofaa vaziri Karsten Breyerning bayonotiga tayangan holda gazeta bergan hisobotda aytilishicha, rasmiy Berlin 2029 yilga borib Rossiyaning NATOga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumi uchun qulay sharoitlar yaratilishidan xavotirda. “Siz taqvimingizda 2029 yilni belgilab qo‘ying. O‘sha va

16 Jul 10:08
 
51
0
xs.uz

Muhiddin Madaminov Shveysariyadagi, Guldona Karimova Shri-Lankadagi shaxmat turnirini yutdi

Oʻzbekistonning 29-grossmeysteri Madaminov Shveysariyaning Bil shahrida boʻlib oʻtayotgan 'Biel Open' turnirida rapid yoʻnalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Madaminov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻarib gʻolib boʻldi.Bundan tashqari, shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik qiz gʻolib boʻldi. Guldona Karimova 9 balldan 7 ochko toʻplagan holda birinchi, rossiyalik Galina Mixeyeva (6,5) ikkinchi oʻrinni egalladi. Gʻoliblar uchligini qozogʻistonli

19 Aug 07:04
 
11
0
xs.uz

Ukraina Sudjani toʻliq nazoratiga olganini aytmoqda

Ukraina Rossiya hududiga dadil bostirib kirishda davom etar ekan, Moskva chegara mintaqasidan koʻproq aholini evakuatsiya qilmoqda.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat kuchlari Rossiya hududiga bostirib kirishi natijasida Kursk viloyatidagi Rossiyaning strategik ahamiyatga ega Sudja shahrini toʻliq nazoratga olganini aytdi. Shuningdek, u 5 mingga yaqin aholisi boʻlgan shaharda harbiy qoʻmondonlik idorasi tashkil etilayotganini ham maʼlum qildi. Sudjada Ukraina quvurlari orqali Yev

18 Jul 19:19
 
80
0
qalampir.uz

Mirziyoyev va Japarov yirik kooperatsiya loyihalariga start berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berilgan. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirg‘i