calendar 01 Jul 10:15
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevro-2024: Angliya va Ispaniya chorak finalga yo‘l oldi

image

Kecha, 30 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining nimchorak final o‘yinlari davom ettirildi. Chorak finalga chiqish uchun Angliya-Slovakiya va Ispaniya-Gruziya bahslari bo‘lib o‘tdi.

“C” guruhida sensatsiyalarga sabab bo‘lgan Slokaviya futbol vatani vakillarini ham musobaqadan chiqarib yuborishiga bir baxya qoldi. Dastlab 25-daqiqada Slovakiyadan Ivan Shrans hisobni ochdi. 90+5 daqiqagacha bahsda hisob o‘zgarmadi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda “Real” a’zosi Jud Bellingem tomonidan kiritlgan qaychi uslubidagi gol Angliya joniga oro kirdi. Ekstra-taymlarning startida Xarri Keyn tomonidan kiritilgan gol inglizlarga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.

Yana bir uchrashuvda musobaqa favoritlaridan biri bo‘lmish Ispaniya Gruziya bilan bahs olib borib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab, 18-daqiqada Roben Le Norman o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Keyingi daqiqalarda Ispaniya bosimni kuchaytirib, hisobdagi ustunlikni to‘liq o‘ziniki qilib oldi. 39-daqiqada Rodri, 51-daqiqada Fabian Ruis, 75-daqiqada Niko Uilyams va 83-daqiqada Dani Olmo tomonidan kiritilgan gollar “qizil furiya”ni chorak finalga olib chiqdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
153
0
xs.uz

Ispaniya 1984-yilgi final uchun «qasos» oladimi?

Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionatining birinchi yarim finali bahsi oʻtkaziladi. Unda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari oʻzaro bellashadi.Ushbu jamoalar shu paytgacha 36 bor oʻzaro toʻqnashgan. Oʻzaro oʻyinlarning 26 tasida Ispaniya terma jamoasi gʻalaba qozongan. Ularning 26 tasi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib, bahslarning 14 tasida Ispaniya, 7 tasida Fransiya gʻalaba qozongan. Besh bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 54/23 Ispaniya foydasida.Mazkur jamoalar r

15 Jul 12:03
 
74
0
xs.uz

Falastinliklar Yevropa chempionatining finalida Ispaniyaga muxlislik qiladi. Nega?

Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davom etayotgan bir paytda, qamal qilingan hududdagi futbol muxlislari 'Yevro-2024' futbol musobaqasining Angliya va Ispaniya oʻyinida ispaniyaliklarni qoʻllab-quvvatlaydi.Qayd etilishicha, Ispaniyadan 3500 km uzoqroqda joylashgan Gʻazodagi futbol muxlislari Alvaro Morata va uning jamoadoshlarining oʻyinini intiqlik bilan kutishmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligida matematika oʻqituvchisi boʻlgan 36 yoshli U

15 Jul 12:02
 
79
0
qalampir.uz

Ispaniya Yevro-2024’da g‘olib bo‘ldi

15 iyulga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Germaniya poytaxti Berlinda Yevropa chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Chempionlik bahsida Ispaniya terma jamoasi Angliya bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Niko Uilyams, Koul Palmer va Mikel Oyarzabal mualliflik qildi. Shunday qilib, Ispaniya o‘z tarixida 4 marta qit’a birinchiligi g‘olibiga aylandi. Inglizlar esa musobaqa tarixida 2 marta finalda imkoniyatni boy berdi. Bungacha futbol vatani