calendar 29 Jun 13:16
eye 28
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tojikistondan olib kelingan jami 25,8 kg “gashish”ni sotayotganlar aniqlandi (video)

image

Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida Tojikistondan olib kelingan giyohvandlik moddalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatida 1999 yilda tug‘ilgan, bir-biriga qarindosh bo‘lgan 2 nafar mahalliy fuqaro aylanma yo‘llar orqali tojikistonlik narkosavdogar tomonidan yuborilgan 11 kg 942 gr “gashish” moddasini qabul qilib olib, Sho‘rchi tumanidagi to‘yxona yaqinida joylashgan simyog‘och ostiga yashirib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan. Shuningdek, ular giyohvand moddani belgilangan joyga qoldirib ketganlaridan so‘ng, uni olib ketmoqchi bo‘lgan Uzun tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ham ushlangan.

 

Farg‘ona viloyatidagi holatda esa “Qo‘qon-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan Tracker avtomashinasi Bag‘dod tumanida to‘xtatilganda, unda Farg‘ona shahrida yashovchi, 1974 va 1988 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs 11 kg 966 gr “gashish” moddasini olib ketayotganliklari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Shu bilan birga, ularni boshqa mashinada kuzatib borayotgan va giyohvandlik vositasining haqiqiy egasi bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi, 1990 va 1993 yillarda tug‘ilgan er-xotin ham qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ular Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan moddani Qo‘qon shahrida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan ayoldan sotib olgan. Sotuvchi ham protsessual tartibda ushlangan. 

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda ketayotgan Nexia avtomobili Qo‘shtepa tumani hududida to‘xtatilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli 1 kg 941 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u ushbu giyohvand moddani Qo‘qon shahrida yashovchi ayoldan sotib olgan va sotish uchun Marg‘ilon shahriga olib ketishni reja qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, ushbu tabrik va tilaklarni, eng avvalo, Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va Oʻzbekistonning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qiladi.'Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik

26 Jul 10:20
 
33
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

20 Jul 20:05
 
98
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida sudlanganlardan biri vafot etdi (video)

“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida 8 yil-u 2 oyga qamalgan Shukurali Qurbonov vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Kecha, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida mazkur ish doirasida sudlanganlarga hukm o‘qilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, 60 yoshli Shukurali Qurbonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a”, &ldquo

12 Jul 14:39
 
132
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dam olish kunlari harorat nisbatan salqin boʻladi

Unga koʻra, ertaga, 13-iyul kuni kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shuningdek, Ustyurt hududlari boʻyicha qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.14-iyul, yakshanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, ayrim togʻoldi va togʻli hududlarda qisqa mudda