calendar 29 Jun 11:46
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni ishlab chiqarishni boshlashi kerak – Putin 

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlar dunyoning turli burchaklarida o‘rta va qisqa masofali raketa tizimlarini joylashtirganini aytib, Rossiya ham bunday raketalarni ishlab chiqarishni boshlashi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan onlayn uchrashuvda so‘z ochdi.

“Biz ushbu zarba tizimlarini ishlab chiqarishni boshlashimiz kerak va keyin, agar kerak bo‘lsa, xavfsizligimizni ta’minlash uchun ularni qayerga joylashtirishni hal qilishimiz kerak”.

Putin Qo‘shma Shtatlar bir necha yil oldin O‘rta va uzoq masofalarga uchuvchi raketalar bo‘yicha shartnomadan chiqqanini eslatdi. Prezidentning ta’kidlashicha, AQSH ushbu raketalarni turli hududlarda joylashtirgani haqida ma’lumotlar bor.

“Biz 2019 yilda Qo‘shma Shtatlar ushbu tizimlarni dunyoning ma’lum mintaqalariga joylashtirmaguncha, biz bu raketalarni ishlab chiqarmasligimiz yoki joylashtirmasligimizni aytgandik. Bilamizki, Qo‘shma Shtatlar nafaqat bu raketa tizimlarini ishlab chiqaradi, balki ularni Yevropa va Daniyaga mashg‘ulotlar uchun olib keladi. Ular yaqinda Filippinda ekanligi e’lon qilindi”, deya qo‘shimcha qildi Putin.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda Qo‘shma Shtatlar SSSR 1987 yilda imzolagan, 500 dan 5500 kilometrgacha uchadigan yadro kallaklarini olib yurishga qodir raketalarni taqiqlovchi O‘rta masofadagi yadroviy kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
49
0
qalampir.uz

Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.   Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojar

15 Jul 12:02
 
42
0
qalampir.uz

Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi.  Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan. G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq,

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaga yana dron va raketalar bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari bugun, 25 iyul kuni Ukrainaga 38 ta Shahed-131/136 jangovar dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Oleshukning yozishicha, 25 ta dron havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Odessa viloyatining janubidagi va Ukrainaning markaziy hududlaridagi infratuzilma ob’ektlari hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev, Odessa, Xerson, Nikolayev, S

15 Jul 12:12
 
120
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda kuchli sel tufayli bozor va yo‘llarni suv bosdi (video)

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida kuchli sel sodir bo‘ldi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi. Sel ko‘chkilari bozorlardagi avtomobillarni olib ketgan. Yo‘llar hamda bozor ichi suv bilan to‘lgan. Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, sel toshqinlari bugun, 14 iyul kuni soat 14:00 atrofida kuchli yog‘ingarchilik tufayli Toloykon qishlog‘i va “Bo‘riboy-ota” dam olish maskanida kuzatilgan. Voqea joyiga 46 nafar qutqaruvchi y