calendar 28 Jun 20:40
eye 123
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turarjoyga muhtoj qizlarga 1 xonali uylar beriladi

image

O‘zbekistonda endilikda og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot jarayonida ma’lum qildi.

Unda davlat rahbari bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishini ta’kidladi. Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi.

Bu borada Prezident tomonidan hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash vazifasi topshirildi. 

Shuningdek, sog‘ligi sabab ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:11
 
67
0
xs.uz

Yuk avtomobillariga tashish uchun ruxsatnoma berish arizani koʻrib chiqish muddati oʻzgardi

Qayd etilishicha, katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma berishda arizani koʻrib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kunigacha qisqartirildi.Shuningdek, avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddati bilan muvofiqlashtirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 10 kun etib belgilandi.Bundan tashqari, av

17 Jul 14:55
 
87
0
qalampir.uz

Toshkentda avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs qamaldi

Toshkentda mashhur UZB seriyali avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs ikki yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Gentra rusumli avtomashinasiga UZB qalbaki raqamini o‘rnatib foydalanib kelgan. Fuqaro ushbu raqamlarni Rossiya Federatsiyasidagi firmalarning biridan buyurtma asosida sotib olgan. Bundan tashqari u javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektorlariga tegishl

15 Jul 12:03
 
31
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

15 Jul 12:03
 
67
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara oʻtkazdi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari oʻziga xos ' doʻstona, oʻzaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi.Muloqot chogʻida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.Oʻzbekiston va Rossiya oʻrta