calendar 28 Jun 14:12
eye 251
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Eronda prezidentlik saylovi boshlandi (video)

image

Bugun, 28 iyun kuni Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi boshlandi. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi.

Mamlakatning rahnamosi Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy saylov jarayonlari boshlanishi bilanoq ovoz berdi va barcha eronliklarni saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi. Shuningdek, u ovoz berganidan keyin Eron xalqi uchun eng yaxshi kunlar va yillar kelishini so‘rab duo qilgan. Saylov kunini eronliklar uchun “baxt va shodlik kuni” deb ta’riflagan Xomanaiy mamlakatning keyingi bir necha yillik taqdirini belgilab beradigan prezidentlik saylovlari haqida gap ketganda, u saylovda ishtirok etish har narsadan muhim ekanini ta’kidlagan.

“Eron Islom Respublikasining dunyoda davom etishi, sha’ni, qadr-qimmati va qudrati xalqning borligiga bog‘liq”, degan Xomanaiy.

Mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8:00 da ochildi va saylov jarayoni o‘n soat davom etadi. Biroq zarurat tug‘ilsa, mamlakat Ichki ishlar vazirligi saylov muddatini uzaytirishi mumkin. Mamlakat ichida va xorijda davom etayotgan saylovlarda 61 million 450 mingdan ortiq eronlik saylovchilar ishtirok etishi mumkin. 2006 yil 28 iyunda yoki undan oldin tug‘ilgan eronlik ovoz berish huquqiga ega. Mamlakat bo‘ylab 59 mingga yaqin saylov uchastkasi, jumladan, 15 mingdan ortiq ko‘chma uchastka tashkil etilgan. Chet ellardagi Eron fuqarolarining saylovda ishtirok etishi uchun 100 ta davlatda jami 340 ta saylov uchastkasi ham tashkil etilgan. Saylov xavfsizligini ta’minlash vazifasi esa politsiya, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Basij kuchlariga yuklatilgan.

Eron Oliy yetakchisining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bag‘er G‘olibaf, Eron sobiq sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri, parlament a’zosi Masud Pezeshkian hamda sobiq ichki ishlar vaziri, din arbobi Mustafo Purmuhammadiy nomzodi ovoz berish jarayoniga qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy may oyida vafot etgani uchun saylovlar muddatidan bir yil oldin o‘tkazilmoqda. 1979 yildagi Islom inqilobi g‘alabasidan keyingi 14-yangi ma’muriyat hokimiyatni iyun oxiri yoki iyul oyi boshida o‘z zimmasiga oladi va to‘rt yil davomida o‘z lavozimini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  muddatidan avvalgi prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qo‘ygan 53 yoshli amaldagi vitse-prezident Amir-Husayn Qozizoda Hoshimiy inqilobiy kuchlar hamjihatligini saqlab qolishga yordam berish va Inqilob kuchlari konsensusi Oliy Kengashi hamda ayrim olimlar va vatanparvarlarning yozma iltimosiga javoban saylovni tark etganini bildirgandi. Sal o‘tib, Tehron shahar meri Alirizo Zakaniy ham prezidentlik poygasidan chiqdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
44
0
xs.uz

1,2 million odam, Qishki Olimpiada va millionlab yovvoyi qushlarning hayoti xavf ostida!

2022-yilda Buyuk Shoʻr koʻli oʻz tarixidagi eng past sathga tushib, iqtisodiy, ekologik va jamoat sogʻligʻi uchun jiddiy tahdidlar yaratgandi. Janubiy yarimsharning eng yirik shoʻr suvli havzasi boʻlgan mazkur koʻlning qisqarishi Portlend davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar bilan oʻrganildi. Ushbu tadqiqot koʻl sathining pasayishiga daryo oqimining kamayishi va iqlim isishi tufayli bugʻlanishning kuchayishi asosiy sabab boʻlganini koʻrsatdi.Bu

31 Jan 15:22
 
32
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa

27 Jan 00:54
 
35
0
xs.uz

Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva

27 Jan 00:54
 
35
0
xs.uz

Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin

Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di