Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark rusumli avtomobil va skuter mototransport vositasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Kecha, 26 iyun kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi NBU qarshisida haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan B.I. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi skuter mototransport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda skuter haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KamAZ oraliq masofani saqlamagani sababli 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.