calendar 26 Jun 22:22
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Turkiya Milliy mudofaa vazirini qabul qildi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida Turkiya mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

"Anqara shahriga 5-6 iyun kunlari amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, yaqin idoralararo aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadbirlar tashkil etish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash va muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

"Mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi", deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 12:48
 
77
0
qalampir.uz

Jiyanini urib o‘ldirgan amma qamaldi

Avvalroq Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Cho‘lobod qishlog‘ida yashovchi ayol 7 yashar jiyanini urib o‘ldirgani haqida xabar bergandik. Mazkur ish sudda ko‘rib chiqildi va qotil ammaga 5 yil qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. Voqea sodir bo‘lgan kuni 20:00 da amma jiyanini uxlab yotgan joyidan uyg‘otib, darsini tayyorlay olmayotganini bahona qilib, jazolash maqsadida tashqarida yomg‘ir yog‘ishiga qaramay hovliga chiqarib

17 Jul 12:00
 
69
0
qalampir.uz

O‘zLiDeP qimmat avtomashinalar xarid qilyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi 2024 yilda 15 dona Chevrolet Tracker, 1 dona Chevrolet Traverse va 1 dona Kia K5 sotib olishga qaror chiqargani haqida xabarlar tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.  Mazkur holat yuzasidan partiya rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, partiya 2024 yil byudjetida mashina xarid qilishni ko‘zda tutmagan va joriy yilda birorta ham avtomashina xarid qilinmaydi.  “Partiyamizning 2024 yil uchun ta

11 Jul 15:12
 
68
0
xs.uz

Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati tugatildi

Farmonga koʻra, Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati tugatildi hamda agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:Maʼlumot uchun, Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻz faoliyatini 'Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi prezident'qaroriga muvofiq amalga oshirib

12 Jul 12:23
 
168
0
xs.uz

Narpayda “Narpaytex” tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etildi

' Korxonamizda ishchi xodimlarga trikotaj mahsulotlarini tikish boʻyicha mashgʻulotlar olib borildi. Ayni jarayonga Turkiyaning yetakchi korxonalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar jalb etilgan, ' deydi korxona rahbari Abduvoris Umarov. ' Hozir ishchilar topshiriqni mustaqil oʻzlari bajarmoqda. Kelgusida qoʻshimcha zamonaviy uskunalar olib kelib, yana 200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Hozircha mahsulotlarimiz ichki bozorda sotilmoqda.' Tikishni shu yerda oʻzlari oʻrgatishdi. Hoz