calendar 26 Jun 11:54
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Narpay hokimi o‘zgardi

image

Samarqand viloyatidagi Narpay tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 26 iyun kuni tumanda o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. 2020 yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Shuhratovich Rahmonov boshqa ishga o‘tayotganligi bois tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sherbek Erkinovich Bo‘ronov nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherbek Bo‘ronov 1985 yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. 2003 yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2021 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:15
 
54
0
qalampir.uz

Test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkent shahrida OTMga kirishda topshiriladigan test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs 23 yoshli J.I.ning ishonchiga kirib, Toshkentdagi oliygohlarning biridagi test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini topib berishni va’da qilgan. Jabrlanuvchi uning hisob raqamiga 885 096 so‘m o‘tkazgan. Shundan keyin, u umuman aloqa

11 Jul 15:12
 
38
0
xs.uz

Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati tugatildi

Farmonga koʻra, Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati tugatildi hamda agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:Maʼlumot uchun, Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻz faoliyatini 'Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi prezident'qaroriga muvofiq amalga oshirib

26 Jul 11:34
 
63
0
xs.uz

Hunarmandlarga imtiyoz va imkoniyat yaratib berilmoqda

Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2018-2022-yillarda viloyatdagi hunarmandlarga 2091 ta loyiha uchun 71,1 milliard soʻm imtiyozli kredit berilgan. Shundan, Ishtixon tumanida 2022-2023-yillarda 198 nafar hunarmandga 7,5 milliard soʻm, Nurobod tumanida 80 nafar hunarmandga 2,2 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratilgan. 2022-yilda 'Usta-shogird' maktabini yaratish va 7762 ta shogird biriktirilgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 24 mingdan ortdi.' Viloyat mahallabay ishlash boshqarmasi tom

12 Jul 18:58
 
121
0
xs.uz

Samarqandda somonli maydon va “Matiz” yonib ketdi

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 12-iyul kuni soat 16:28 da Samarqand tumani Yangi ariq MFY hududida sodir boʻlgan. Viloyat FVBga Fuqaro J.O. boshqaruvidagi 'Matiz' rusumli avtomobil hamda yoʻl yoqasidagi 'I.A.S.' fermer xoʻjaligiga qarashli somon qoldiqlar mavjud maydonda yongʻin sodir boʻlganligi haqida xabar kelib tushgan.Chaqiruvga koʻra, voqea joyiga 2 ta Yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da yetib borib, alanga soat 17:18 da oʻchirilgan.'Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va h