calendar 23 Jun 16:37
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga kelyapti

image

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yilning 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga kelyapti. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif dasturiga muvofiq Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Keltirilishicha, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sog‘liqni saqlash, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari o‘rin olgan. Sammit yakunlari bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston Prezidenti Xiva shahriga ham tashrif buyurib, O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.

Ma’lumot uchun, Uxnaagiyn Xurelsux 2022 yilning sentyabr oyida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqand shahriga kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga kelishi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:11
 
208
0
xs.uz

Bolalarni bogʻchaga joylashtirish yanada soddalashtirildi

Maʼlum boʻlishicha, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.Shuningdek, elektron raqamli imzo kalitini berishda jismoniy shaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylashtirib berilishi, qurilishi tugallanmagan obyektga birlamchi kadastr pasportini shakllantirishda vafot etgan shaxsni

29 Jul 17:02
 
131
0
qalampir.uz

Dollar kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,45 so‘mga tushdi va 12 574,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 49,00 so‘mga pastlab, 13 626,86 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 2,26 so‘mga arzonlab, 145,52 so‘mni tashkil etdi.

27 Jul 23:59
 
111
0
xs.uz

28-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil qiladi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +25html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end+27 daraja, kunduzi +39...+41 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda

17 Jul 16:15
 
115
0
qalampir.uz

Namanganda do‘kondan kiyim o‘g‘irlagan ayol “samosud” qilindi (video)

Ijtimoiy tarmoqda do‘kondan kiyim-kechaklar o‘g‘irlagan ayol sotuvchilar tomonidan “samosud” qilinayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan bog‘landi. Bildirilishicha, voqea joriy yilning 14 iyul kuni Mingbuloq tumani Jomasho‘y shaharchasida sodir bo‘lgan. Ayol taxminan 1 mln 190 ming so‘mlik kiyimlarni ustma-ust kiyib, do‘kondan chiqib ketayotgan paytda ushlangan.