calendar 23 Jun 16:37
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Uzbekistan Airports” AJga yangi rahbar tayinlandi

image

Javlonbek Oybekovich Umarxo‘jayev kecha, 20 iyun kuni “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, tayinlov kompaniyaning yagona aksiyadori hisoblangan Iqtisodiyot va moliya vazirligining qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun, Umarxo‘jayev tayinlovga qadar 2023 yil 9 avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilgan.

Javlonbek Umarxo‘jayev mehnat faoliyatini 2008 yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasida boshlagan. 2009-2018 yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2018-2021 yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent-Sharq” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 

2021-2023 yillarda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

26 Jul 10:20
 
52
0
qalampir.uz

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlandi

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan qu

29 Jul 15:39
 
47
0
xs.uz

Namanganda ikki yigit bank xodimini 3-qavat derazasidan uloqtirib yubordi

Namangan shahrida 'Agrobank' xodimini oʻz tanishlari 3-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.Bildirilishicha, voqea Namangan shahar Obihayot MFY Ibrat koʻchasida joylagan 10-uyda sodir boʻlgan. 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M. hamda uning tanishi N.L. bilan birgalikda 21 yoshli A.M. (Bank kassiri) bilan oʻzaro janjallashib ketib, A.M.ni qasddan oʻldirish maqsadida xonadoning yotoqxona oy

19 Aug 07:03
 
12
0
xs.uz

Xorazm va Jizzaxda “prava” savdogarlari ushlandi

Xorazm va Jizzax viloyatlarida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bogʻot tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga goʻyoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro